O‘zbekiston bank tizimining tashkil topishi va rivojlanishi


Download 152.83 Kb.
bet41/55
Sana24.03.2023
Hajmi152.83 Kb.
#1292050
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   55
Bog'liq
pul bank 123

Kreditning subyektlari bo‘lib, kredit munosabatlarida
ishtirok etuvchi shaxslar tushuniladi, ya’ni kreditor va
kredit oluvchilar.
Kreditning obyekti bo‘lib esa kredit munosabatlarida
ishtirok etuvchi pul yoki tovar shaklidagi moddiy boyliklar
hisoblanadi.
Kredit berishdan maqsad esa vaqtincha bo‘sh turgan
pul mablag‘laridan qo‘shimcha daromad olish (foiz
shaklida) bo‘ladi, yoki ishlab chiqarish davrining
uzluksizligini (tovar krediti olinganda) ta’minlashga bo‘lgan
talabini qondirish hamda davlat byudjetining vaqtinchalik
kamomadini qoplashdan iborat bo‘lishi mumkin.
Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinib turibdiki, iqtisodchi
olimlar kreditning turlariga mavjud ijtimoiy-iqtisodiy
jarayonlardan kelib chiqib turlicha yondashganlar.
Fikrimizcha, kreditning turlariga tavsif berishda ularning
amaliyotda qo‘llanilishi va iqtisodiy samaradorligiga e’tibor
qaratish maqsadga muvofiq. Shu nuqtai nazardan, davlat
krediti, bank krediti, iste’mol (ipoteka) kreditlari, tijorat
krediti, xalqaro kredit mavjudligini e’tiborga olish
maqsadga muvofiq.


Davlat krediti. Ushbu kreditning asosiy belgilaridan
biri kreditni berish yoki olish jarayonida davlat bevosita
ishtirok etadi. Ko‘pchilik hollarda esa davlat kreditor
sifatida yuridik va jismoniy shaxslarga kreditlar beradi.
Davlat krediti munosabatlari jarayonida uning
subyektlari sifatida davlat nomidan markaziy va mahalliy
davlat boshqaruv organlari maydonga chiqsa, ikkinchi
tomondan yuridik va jismoniy shaxslar ishtirok etadi.
Davlat kreditining vujudga kelishida an’anaviy ravishda
ko‘pchilik hollarda davlat byudjeti taqchilligini qoplash yoki
yirik investitsion loyihalarni amalga oshirish maqsadida o‘z
nomidan qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqaradi. Davlat
byudjetining taqchilligini qoplashda davlat tomonidan
chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar yuridik va jismoniy shaxslar
tomonidan sotib olinadi. Bunda yuridik va jismoniy
shaxslar kreditor sifatida namoyon bo‘ladi.


Download 152.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling