O‘zbekiston bank tizimining tashkil topishi va rivojlanishi
Download 152.83 Kb.
|
pul bank 123
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ist’emol (ipoteka) krediti
- Tijorat krediti
Bank krediti – kreditning eng rivojlangan shakli bo‘lib,
ushbu kredit tijorat banklari tomonidan vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larni jalb qilish hisobiga, qo‘shimcha moliyaviy resurslarga ehtiyoj tug‘ilgan yuridik va jismoniy shaxslarga beriladi. Kreditning shakllari tarkibida bank krediti asosiy ulushga ega bo‘lib, jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘lar asosan banklarda jamlanadi. Buning natijasida, banklar ushbu mablag‘lar hisobidan foyda topish maqsadida, ularni iqtisodiyotning turli sohalariga bank krediti shaklida joylashtiradi. Bank kreditining boshqa kredit shakllariga qaraganda afzalliklari juda ko‘p bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi subyekt istagan paytda va miqdorda kredit olish uchun bankka murojaat qilishi mumkin. Bank krediti pul shaklida namoyon bo‘ladi, shu bois bu sharoitda kreditning obyekti bo‘lib pul kapitali hisoblanadi. Bank krediti qarz oluvchiga pul shaklida berilishi tufayli tijorat kreditining hajmini chegaralashga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Pul shaklida olingan kredit qarz oluvchi tomonidan korxona ishlab chiqarish faoliyatining istagan jarayoniga yo‘naltirish imkoniyatini beradi. Ist’emol (ipoteka) krediti asosan aholiga yashashi uchun zarur bo‘lgan buyumlarni (uy, mashina, televizor, muzlatgich, mebel va boshqalar) olishga beriladi. Iste’mol krediti pul va tovar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Pul ko‘rinishidagi iste’mol krediti bank muassasalari tomonidan jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida savdo tashkilotlarining hisobiga o‘tkazib beriladi. O‘zbekistonda keyingi yillarda iste’mol krediti hisoblangan ipoteka krediti juda tez sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Ipoteka krediti iqtisodiyotning markazlashgan tuzumi sharoitida mavjud bo‘lmagan. Bu holat o‘sha davrda nashrdan chiqqan lug‘atlarda ham e’tirof etilgan. Xususan, 1988 yilda mamlakatimizda nashrdan chiqqan O‘zbekiston sovet ensiklopediyasida ipotekaga “Ipoteka (yun), uzoq muddatli kredit olish uchun ko‘chmas mulk (yer, imoratlar)ni garovga qo‘yish. Sotsialistik mamlakatlarda yo‘q.”57, deb ta’rif berilgan. Agar ushbu ta’rifning “sotsialistik mamlakatlarda yo‘q” degan jumlasiga e’tibor qaratadgan bo‘lsak, haqiqatda ham markazdan rejalashtirish tuzumi sharoitida ushbu kredit turining amal qilmaganligining guvohi bo‘lishimiz mumkin. Tijorat krediti – kreditning boshqa turlariga nisbatan tarixan juda qadimda paydo bo‘lgan. Uning vujudga kelishi bevosita tovarlarni ishlab chiqarish va ularning realizatsiyasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Tijorat kreditining obyekti bo‘lib – savdo kapitali hisoblanadi. Tijorat krediti sotuvchi tomonidan sotib olingan tovarlarning to‘lovini ma’lum muddatga kechiktirish orqali amalga oshiriladi. Xalqaro bank amaliyotida ushbu kreditni vekselli kredit sifatida ta’kidlaydi. Veksel tijorat kreditining “quroli” hisoblanib, asosan barcha tijorat kreditlari veksel yordamida amalga oshiriladi. Bunda sotib oluvchi korxona sotuvchidan olgan tovarlar yoki ko‘rsatgan xizmatlari uchun unga vekselni taqdim etadi. Veksellar odatda ma’lum muddatlarga (3 oy, 6 oy va 12 oy) sotib oluvchi tomonidan chiqarilgan bo‘lib, ushbu muddatdan kechiktirmasdan qo‘shimcha foiz to‘lovlari bilan to‘lanishi lozim. Download 152.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling