O‘zbekiston bank tizimining tashkil topishi va rivojlanishi


Xizmat ko‘rsatadigan tarmoqlari bo‘yicha –


Download 152.83 Kb.
bet49/55
Sana24.03.2023
Hajmi152.83 Kb.
#1292050
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   55
Bog'liq
pul bank 123

Xizmat ko‘rsatadigan tarmoqlari bo‘yicha –
banklarning faoliyatiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ayrim
banklar iqtisodiyotning turli tarmoqlariga xizmat
ko‘rsatadi. Jumladan, avtomobilsozlik, neft sanoati,
qurilish va boshqa sohalar. Masalan, mamlakatimiz
Sanoatqurilishbanki ko‘plab tarmoqlarga xizmat ko‘rsatadi,
biroq asosiy faoliyati og‘ir sanoat korxonalariga xizmat
ko‘rsatishga qaratilgan. Shuningdek, Agrobankning asosiy
faoliyati qishloq xo‘jaligi korxonalariga, Asakabank
mashinasozlik sohasiga va hokazo

. Filiallarining soni bo‘yichaayrim banklarda


filiallar umuman mavjud emas, ayrimlarida esa
232mamlakatning barcha hududlarida filiallari mavjud.
Mamlakatimizda bunday banklar sirasiga Agrobank,
Xalqbank, Mikrokreditbanklarni kiritish mumkin. Ushbu
banklarning mamlakatimiz tumanlarining deyarli
barchasida o‘z filiallari faoliyat yuritadi. Banklarning
filiallari yuridik shaxs sifatida barcha huquq va
majburiyatlarga ega bo‘lmaydi, ular tegishli nizom asosida
bosh bank tomonidan berilgan chegaralangan huquq va
majburiyatlar doirasida faoliyat yuritadi.

Xizmat ko‘rsatish doirasi bo‘yichabanklar ma’lum
hududga, hududlararo, xalqaro darajada mijozlarga xizmat
ko‘rsatishi e’tiborga olinadi. Buning uchun banklar
Markaziy bankning tegishli litsenziyalariga ega bo‘lishi
talab etiladi. Masalan, mamlakatimizda Markaziy bankning
tegishli talablarni bajargan tijorat banklariga milliy
valyutada va xorijiy valyutalarda faoliyat yuritishi uchun
alohida – alohida litsenziyalar beradi.

Kapitalining hajmi bo‘yichabanklar kichik, o‘rta va
yirik tijorat banklarga guruhlanadi. Masalan,
mamlakatimiz barcha banklari ustav kapitalining 40
foizdan ortig‘i TIF Milliy banki hisasiga to‘g‘ri keladi, yoki
mamlakatimizda beshta yirik bankning (TIF Milliy banki,
Sanoatqurilishbank, Agrobank, Asakabank, Ipotekabank)
kapitali jami banklar kapitalining 80 – 90 foizini tashkil
etadi.Yakuniy so‘z sifatida ta’kidlash mumkinki, banklarning
turlarini ko‘pqirraligi, ularning bajaradigan operatsiyalarining
sonini ortib borishi jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishi bilan bevosita bog‘liqdir. Bozor iqtisodiyoti
sharoitida bularning barchasi tegishli qonun, qoida, tartib
va mexanizmlar asosida tartibga solib boriladi.


Download 152.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling