O‘zbekiston bank tizimining tashkil topishi va rivojlanishi


Banklarning vujudga kelishi va mohiyati


Download 152.83 Kb.
bet46/55
Sana24.03.2023
Hajmi152.83 Kb.
#1292050
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   55
Bog'liq
pul bank 123

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Bank
Banklarning vujudga kelishi va mohiyati
Banklarning vujudga kelishi tovar-pul
munosabatlarining asosiy elementlari sifatida, pulning
qiymat shakli paydo bo‘lishi bilan bir davrga to‘g‘ri kelgan.
Iqtisodiy adabiyotlarda dastlabki banklarning vujudga
kelishi haqida aniq ma’lumotlar mavjud emas. Ayrim
iqtisodchi olimlar banklarni feodalizm davrida vujudga
kelganligini ta’kidlashsa, ularning ayrimlari esa kapitalistik
tuzumning dastlabki davrlarida paydo bo‘lganligini
ta’kidlaydi. Uchinchi guruh olimlar, banklar faoliyatiga xos
bo‘lgan operatsiyalar miloddan ilgarigi davrlarda paydo
bo‘lganligini qayd etadilar.
Bank bu moliyaviy muassasa bo‘lib, jamiyatdagi
vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini tegishli shartlar bilan
jalb etib, ushbu mablag‘larga ehtiyoji mavjud bo‘lgan
yuridik va jismoniy shaxslarga qaytarishlik, muddatlilik,
to‘lovlilik va ta’minlanganlik asosida kredit beradigan va
ular uchun turli vositachilik xizmatlarini ko‘rsatuvchi
tijorat tashkilotdir.Boshqa bir adabiyotda, bank – tadbirkorlik faoliyatining
o‘ziga xos turi bo‘lib, uning faoliyati ssuda kapitalining
harakati, ya’ni ularni jalb qilish va joylashtirilishi bilan
bevosita bog‘liqdir, degan fikr ilgari suriladi67.
Bankir ssuda kapitalistidan farqli o‘laroq, turli
ko‘rinishdagi xizmatlarni taklif etadi va pul aylanmasini
tashkil qiladi. Ssuda kapitalisti ishlab chiqarishni o‘z
kapitali hisobidan moliyalashtirsa, bankir ushbu jarayonni
chetdan jalb qilingan begona shaxslarning mablag‘lari
hisobidan amalga oshiradi.Tijorat banklari mohyatini teranroq anglash uchunayrim metodologik masalalarga e’tibor qaratish lozim.
Ularning ayrimlari quyida keltiriladi:
– banklarning mohiyatini yoritishda ularning
mikrodarajadagi faoliyatiga e’tibor qaratish lozim;
– banklarning mohiyatini yoritishda ular qanday
shaklda va maqsadda tashkil etilganligiga emas, balki
ularga yagona bank sifatida faoliyat yuritishiga e’tibor
qilish lozim;


Download 152.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling