O‘zbekiston bank tizimining tashkil topishi va rivojlanishi


O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta


Download 152.83 Kb.
bet54/55
Sana24.03.2023
Hajmi152.83 Kb.
#1292050
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
pul bank 123

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta
moliyalash siyosati tarixidan
Markaziy bank mustaqillikning dastlabki yillarida
o‘zining qayta moliyalash stavkasidan inflyatsiyaga qarshi
kurashda asosiy qurollardan biri sifatida foydalandi.
Milliy valyuta muomalaga kiritilgan paytda qayta
moliyalash stavkasi yiliga 150 foizni tashkil etar edi.
Ammo milliy valyutani muomalaga kiritilgungacha bo‘lgan
davrda inflyatsiyaning inertsiya kuchi shu darajada katta
ediki, tezda qayta moliyalash stavkasining bu darajada
yetarli emasligi ma’lum bo‘lib qoldi. Inflyatsiyani
kamaytirish borasida yanada qat’iyroq siyosat yuritish
maqsadida Markaziy bank 1994 yil oktabr oyidan boshlab
qayta moliyalash stavkasini 150 foizdan 225 foizgacha
ko‘tardi. 1995 yil fevral oyida 250 foizgacha oshirilgan
bo‘lsa, mart oyidan boshlab 300 foiz etib belgilandi*.
Inflyatsiya darajasining anchagina kamaytirilishi
Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasini ham astasekin
tushirib borishi uchun zamin yaratdi.

Ochiq bozordagi siyosati. Markaziy bankning ochiq
bozordagi siyosati – bu davlatning obligatsiyalari, xazina
veksellari va boshqa qimmatli qog‘ozlarini yuridik va
jismoniy shaxslarga sotishi va sotib olishi bilan bog‘liq
operatsiyalaridir. Markaziy bank davlatning va o‘zining
qimmatli qog‘ozlarini sotish orqali iqtisodiyotda pul
massasini pasaytiradi. Bu o‘z navbatida milliy valyutaning
sotib olish qobiliyatini mustahkamlash va inflyatsiya
darajasining pasayishiga olib keladi.Markaziy bank sotilgan qimmmatli qog‘ozlarni qaytasotib olish orqali muomaladagi pul massasining oshishiga
va tijorat banklarining qo‘shimcha pul resurslariga bo‘lgan
ehtiyojini qondirishga zamin yaratadi.
Markaziy bank hozirgi kunda Davlatning qisqa
muddatli obligat-siyalarini va o‘zining obligatsiyalarini
muomalaga chiqarish orqali ochiq bozordagi
operatsiyalarini amalga oshiradi.


Download 152.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling