O‘zbekiston bank tizimining tashkil topishi va rivojlanishi


Markaziy bankning funksiyalari


Download 152.83 Kb.
bet52/55
Sana24.03.2023
Hajmi152.83 Kb.
#1292050
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
pul bank 123

Markaziy bankning funksiyalari
Ma’lumki, Markaziy bankning asosiy maqsadi
mamlakat milliy valyutasining barqarorligini ta’minlashdan
iborat. Ular ushbu vazifani bajarish uchun qator
funksiyalarni bajaradi, ushbu funksiya va vazifalar
davlatning Markaziy bank to‘g‘risidagi qonunida belgilab
qo‘yiladi.Sanoati rivojlangan shaharlarda Markaziy banklar
asosan to‘rtta funksiyani bajaradi:
􀂾 banknotalar emissiyasi;
􀂾 pul-kredit munosabatlarini tartibga solish;
􀂾 banklarning banki;
􀂾 hukumat banki.
Banknotalarni emissiya qilish - Markaziy bankning eng
asosiy va dastlabki funksiyalaridan biri hisoblanadi.
Ma’lumki, muomaladagi pul massasi hajmini oshirish yoki
kamaytirish aynan Markaziy bankning banknotlarni
emissiya qilish funksiyasi bilan bog‘liq bo‘lib, uning hajmi
iqtisodiyotdagi pul massasining hajmi bilan belgilanadi.
Ya’ni, iqtisodiyotdagi pul massasi va tovar massasi
o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liklikni ta’minlanishi milliy
valyutaning barqarorligi va to‘lov qobiliyatining
mustahkamligiga bevosita va bilvosita ta’sir qiladi.

Markaziy bankning pul-kredit siyosati
Markaziy bank milliy valyutaning barqarorligini
ta’minlash maqsadida mamlaklakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy
jarayonlarni e’tiborga olib o‘zining pul-kredit siyosatini
ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
Markaziy bankning pul-kredit siyosati iqtisodiyotda pul
massasi yoki foiz stavkalarining zarur darajadagi me’yorini
ta’minlash, iqtisodiyotning pulga bo‘lgan talabini qondirish
yoki milliy valyuta kursini xorijiy valyutalarga nisbatan
mustahkamlash kabi qator omillar nuqtai nazaridan
turlicha ko‘rinishda amalga oshiriladi. Shu jihatdan
Markaziy bankning restriksion (qattiq) va ekspansion
(yumshoq) pul-kredit siyosati turlarini keltirish mumkin.
Restriksion pul-kredit siyosatida iqtisodiyotda pul
massasi va kredit operatsiyalar hajmini kamaytirish va foiz
stavkalarini oshirish bilan bog‘liq tadbirlar amalga
oshiriladi.


Download 152.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling