O‘zbekiston bank tizimining tashkil topishi va rivojlanishi


Tijorat banklariga nisbatan o‘rnatilgan majburiy


Download 152.83 Kb.
bet53/55
Sana24.03.2023
Hajmi152.83 Kb.
#1292050
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
pul bank 123

Tijorat banklariga nisbatan o‘rnatilgan majburiy
zaxira siyosati. Markaziy bankning pul-kredit siyosatini
asosiylaridan biri tijorat banklariga o‘rnatgan majburiy
zahiralar siyosati hisoblanadi. Markaziy bank ushbu
siyosati orqali, birinchidan, banklarning resurslarini
chegaralashi natijasida iqtisodiyotda pul massasini tartibga
soladi, ikkinchidan, bank iqtisodiy jihatdan to‘lovga
layoqatsiz holatiga tushib qolgan paytda, qisman bo‘lsada
uning mijozlarining manfaatlarini himoya qiladi.
Tijorat banklari majburiy zaxiralarga mablag‘ni
«O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi
Qonunning 28 – moddasi, «Banklar va bank faoliyati
to‘g‘risida»gi Qonunning 24 – moddasiga asosan Markaziy
bank tomonidan 2000 yil 25 martda ishlab chiqilgan
«Banklar tomonidan Markaziy bankda majburiy zaxiralarni
deponentlash tartibi to‘g‘risida»gi 449 – sonli Nizom asosida
o‘tkazadi.

Tijorat banklarini qayta moliyalash siyosati (hisob
stavkasi). Bozor iqtisodiyotining doimiy ravishda rivojlanib
va takomillashib borishi iqtisodiyotda qo‘shimcha pul
resurslariga bo‘lgan talabni keltirib chiqaradi. Tijorat
banklari xo‘jalik yurituvchi subyektlarining moliyaviy
resurslariga bo‘lgan talabini iqtisodiyotda vaqtinchalik
bo‘sh pul mablag‘larini o‘ziga jalb qilish orqali qondiradi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ushbu talabining o‘z
vaqtida va past kredit foizlari asosida ta’minlanmasligi
mamlakat iqtisodiyotining rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Albatta, bu jarayonni iqtisodiyotda pul taqchilligi sifatida
ham izohlash mumkin. Bir jihatdan, iqtisodiyotda vujudga
kelgan pul taqchilligi milliy valyutaning inflyatsiya
darajasini pasayishiga olib keladi, lekin iqtisodiyotda pul
taqchilligi darajasining ortib borishi ishlab chiqarish
sur’atining pasayishi va ishsizlik darajasining oshishi kabi
xavfli ijtimoiy-iqtisodiy tanglikni keltirib chiqaradi.


Download 152.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling