O‘zbekiston bank tizimining tashkil topishi va rivojlanishi
Download 120.11 Kb.
|
pul bank5ydrtereshxjrdkctfhb
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Markaziy banki,maqsadi va vazifalari
O‘zbekiston bank tizimining tashkil topishi va rivojlanishi Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat bank tizimi ikki bo‘g‘indan tashkil topadi Bank tizimi – bu ma’lum tarixiy davr ichida shakllangan va tegishli qonun hujjatlari asosida mamlakatda pul-kredit munosabatlarini tashkil etadigan va tartibga soladigan muassasalar majmuidir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat yuritayotgan davlatlarning deyarli barchasida bank tizimi ikki pog‘onadan iborat bo‘lib, ushbu banklar mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti va tarixiy shakllanishiga qarab o‘ziga xos xususiyatlar asosida faoliyat yuritadi. O‘zbekistonda ham bank tizimi ikki pog‘onadan iborat bo‘lib, ularning faoliyati tegishli qonun hujjatlari asosida tartibga solinadi. Ikki pog‘onali bank tizimida banklar – emission bank (Markaziy bank) va emission bo‘lmagan (tijorat banklari, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlar, lombardlar) banklardan tashkil topadi. O‘zbekiston Markaziy banki,maqsadi va vazifalari O‘zbekiston Markaziy banki iqtisodiy jihatdan mustaqil bo‘lgan, yuridik maqomga ega tashkilot hisoblanadi. Markaziy bank o‘z daromadlari hisobidan xarajatlarniamalga oshiradi. Agar uning xarajatlari daromadlarga nisbatan ko‘p bo‘lsa, ushbu farq (zarar) davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi. Hisobot yilining oxirida Markaziy bank ixtiyorida qolgan ortiqcha mablag‘ (foyda) to‘lig‘ichadavlat byudjeti hisobiga o‘tkazib beriladi. Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Markaziy banki tashkil topganidan buyon hisobot yilini moliyaviy zarar bilan qoplamagan, aksincha hisobot yilning so‘nggida juda katta miqdordagi mablag‘ni davlat byudjetiga o‘tkazib kelmoqda.Markaziy bankning asosiy daromad manbalari sifatidaemission daromad, tijorat banklariga beriladigan qaytamoliyalash hisobidan oladigan foizlar, hukumatning oltinva valyuta zaxiralarini tasarruf etishdan oladigan foizlar, tijorat banklaridan iqtisodiy me’yorlarni buzganligi uchun undiradigan jarimalari, tijorat banklari elektron to‘lovtizimidan foydalanganliklari uchun to‘laydigan to‘lovlari vaboshqa manbalarni keltirish mumkin. Download 120.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling