O‘zbekiston bank tizimining tashkil topishi va rivojlanishi


Download 120.11 Kb.
bet29/36
Sana14.03.2023
Hajmi120.11 Kb.
#1266779
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36
Bog'liq
pul bank5ydrtereshxjrdkctfhb

Baho masshtabi – bu qiymatning pul birligida aks ettirish vositasidir, pulning o‘ziga xos bo‘lgan texnik funksiyasi ham hisoblanadi. Muomalada oltin va kumush tangalar pul vazifasini bajargan paytda baho masshtabi, ya’ni milliy valyutaning bahosi bevosita oltin va kumush tangalar orqali aniqlangan. Ya’ni, qog‘oz pullar ma’lum miqdorda oltin va kumush tangalar bilan ta’minlangan. 1971 – 1973 yillarda rasmiy ravishda oltinning pul vositasi vazifasini bajarishi va qog‘oz pullarning oltin bilan ta’minlanganligi bekor qilindi. Natijada, milliy valyutaning baho masshtabi tovarlar va xizmatlar hamda xorijiy valyutalarga nisbatan talab va taklif asosida aniqlanadigan
bo‘ldi, ko‘pchilik mamlakatlar milliy valyutaning qiymatini aniqlashda dunyoning yetakchi valyutalari hisoblangan

Pulning turlari malakatdagi qonuniy to‘lov vositasi hisoblanadi. Hozirgi paytda hech qanday mamlakatda metall pul tizimi amal qilmaydi. Pulning asosiy turlari sifatida kredit biletlari (banknota), shuningdek, davlatning xazina biletlari va tangalar to‘lov vositasini bajaradi.
Banknota (bank biletlari) – bu qonuniy to‘lov vositalari hisoblanib, mamlakat Markaziy banki tomonidan muomalaga chiqariladi va tartibga solinadi.
Xazina biletlari – qog‘oz pul bo‘lib, mamlakat Moliya vazirligi tomonidan davlat byudjeti taqchilligi va qo‘shimcha xarajatlarni qoplash maqsadida muomalaga chiqariladi. Banknotalardan farqi shundaki, ushbu pullar hech qanday qimmatbaho metall bilan ta’minlanmagan bo‘lib, oltin va kumushga almashtirish mumkin bo‘lmagan


Pul birliklari va belgilarini emissiya qilish tartibi va ularning ta’minlanganlik asoslari. Har bir mamlakat o‘zining milliy valyutasini emissiya qilish tartibi va qoidalarini mustaqil ravishda amalga oshiradi. Mamlakatda milliy valyutani emissiya qilish, muomalaga pullarni chiqarish va muomaladan qaytarib olish tartibini Markaziy bank amalga oshiradi. Muomaladagi pul birliklari Markaziy bankning barcha aktivlari va mamlakatdagi moddiy tovar qiymatliklar bilan ta’minlanadi.


Download 120.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling