O`zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti Ilmiy ish asoslari fanidan 1-ma`ruza yuzasidan taqdimot

Download 388.36 Kb.
bet5/11
Sana25.01.2023
Hajmi388.36 Kb.
#1120393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Tilshunoslik

Beruniy ilmiy merosining nomidan ham ko‘rinib turibdiki, olim tarix, riyoziyot, matematika, falsafa, handasa, kimyo, astronomiya, geografiya, tibbiyot, adabiyot, musiqa, tilshunoslik singari o‘nlab sohalar bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan va bu sohalar yuzasidan jahon allomalarini hozirgacha lol qoldirib kelayotgan buyuk kashfiyotlarini yaratgan.

Ibn Sino dunyoga tengi yo‘q tabib sifatida tanildi. Ibn Sinoning «Qonun fi-t-tib» kitobi asrimiz boshlariga qadar Yevropaning eng nufuzli universitetlarida asosiy qo‘llanmasifatida o‘qitilib kelindi.

Ibn Sino dunyoga tengi yo‘q tabib sifatida tanildi. Ibn Sinoning «Qonun fi-t-tib» kitobi asrimiz boshlariga qadar Yevropaning eng nufuzli universitetlarida asosiy qo‘llanmasifatida o‘qitilib kelindi.

Tibbiyotda shuhrat qozongan buyuk hakim boshqa fan sohalarida ham katta meros qoldirdi. O‘rta asrlar fanining rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk faylasuf fanning turli sohalarida qalam tebratib, ulkan muvaffaqiyatlarga erishgan qomusiy olim sifatida faqat Sharqdagina emas, balki G‘arbda ham ma’lum va mashhur bo‘ldi.

Ibn Sinoning lingvistikaga doyr «Asbobi xudut al xuruf» asari shu kunga qadar tilshunoslar diqqatini o‘ziga rom qilib keladi. Bu asar bizgacha bir necha qo‘lyozmalar orqali etib kelgan. Ulardan eng eskisi hijriy 569 (milodiy 1173) yilda, so‘nggisi esa hijriy 1182 (milodiy 1768) yillarda ko‘chirilgan. Ibn Sino hayoti va ijodi bilan shug‘ullangan Abu Ubayda Juzjoniyning ta’kidlashicha, mazkur asar hijriy 415 (milodiy 1024) yilda Tehronda yozilgan. Hozirgacha yuqoridagi risolaning to‘rt nashri mavjud.

Ibn Sinoning «Asbob» asari kirish va olti bobdan iborat. Asarning kirish qismida uning yozilish sabablari, an’anaga ko‘ra kimning sharafiga yozilganligi bayon qilinadi. Asar Abu Mansur Muhammad ibn Ali ibn Umarga bag‘ishlangan. Muallif shu qismda risolani quyidagi olti bobga ajratganini bayon qiladi:

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling