Ayniqsa, XVI asrda qator tillarning – nemis (1527), fransuz (1531), ingliz (1538), venger (1539), chex (1567), polyak (1568), slavyan (1596) va boshqa tillarning gramatikasiga oid asarlar maydonga keldi. Ayniqsa, XVI asrda qator tillarning – nemis (1527), fransuz (1531), ingliz (1538), venger (1539), chex (1567), polyak (1568), slavyan (1596) va boshqa tillarning gramatikasiga oid asarlar maydonga keldi. Ana shunday lug‘atlardan biri rus sayyohi akademik Pyotr Simon Pallasning «Barcha tillar va shevalarning (lahjalarning) qiyosiy lug‘ati» asaridir. 272 tilga oid to‘rt tilli bu lug‘at Peterburgda 1786-1791 yillarda nashr qilingan bo‘lib, unda ruscha so‘zlarning 272 tilga qilingan tarjimasi beriladi va qiyoslanadi. Bu lug‘at qiyosiy-tarjima lug‘at sifatida e’lon qilinadi. Mazkur lug‘atga Osiyo, Yevropa, Afrika va Amerika tillari kiritiladi, ushbu tillarga oid materiallar beriladi. Umumiy ratsional grammatika (“Por-Royal grammatikasi”)ning yaratilishi Umumiy ratsional grammatika (“Por-Royal grammatikasi”)ning yaratilishi O‘rta asrlardayoq (XVI-XVII) lisoniy hodisalarning to‘g‘riligi mantiqiy mezonlar asosida aniqlana boshlandi. Til hodisalari mantiq asosida izohlandi. Mantiq grammatikadan ustun qo‘yildi. Bu davrda barcha tillarning yagona, bitta mantiqiy asosi bo‘lishi – bitta grammatika bo‘lishi kerak degan ta’limot yaratildi. Natijada mantiqiy grammatika yaratish g‘oyasi maydonga keldi. Mantiqiy grammatika yaratish ta’limotining eng muhim g‘oyaviy asosi bo‘lib, ma’rifat asrining (XVII-XVIII) yetakchi falsafiy yo‘nalishi bo‘lgan ratsionalizm maydonga chiqdi. Ya’ni aql-idrok asosida ish ko‘rish – ratsionalizm tilshunoslikka ham jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. 1660-yilda Parij atrofidagi Por-Royal monastirining rohib olimlari mantiqshunos Anton Arno va tilshunos Klod Lanslolar ilk bor «Umumiy ratsional grammatika» asarini fransuz tilida yaratib, Parijda nashr qildilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |