O`zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti Ilmiy ish asoslari fanidan 1-ma`ruza yuzasidan taqdimot


Download 388.36 Kb.
bet1/11
Sana25.01.2023
Hajmi388.36 Kb.
#1120393
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Tilshunoslik

Mavzu: O'rta asrlarda Yevropa va Rus tilshunosligi. Uyg'onish davri tilshunosligi. Umumiy ratsional grammatikaning yaratilishi

Reja:

1. O‘rta asrlarda Yevropa tilshunosligi.

2. Rus tilshunosligi

3. O`rta Osiyo tilshunosligi.

4. Uyg‘onish davri tilshunosligi.

5. XVII-XVIII asrlarda tilshunoslikdagi o‘zgarishlar.

6. Umumiy ratsional grammatika (“Por-Royal grammatikasi”)ning yaratilishi.

O‘rta asrlarda Yevropa tilshunosligi

O‘rta asrlarda Yevropa tilshunosligi

O`rta asrlar V asrdan (476-yildan) boshlab, XV asrgacha (1492-yilgacha) bo`lgan davrlarni o`z ichiga oladi. Ushbu davr deyarli barcha fanlar taraqqiyotida, shu jumladan, Yevropa tilshunosligida ham turg`unlik davri deb e`tirof qilinadi. Aniqrog`i, ayni davr tilshunoslik taraqqiyotida na faktik materiallar to`plashda, na mukammal nazariyalar, g`oyalar yaratishda – tilshunoslik fanining ilgarilashida muhim ahamiyatga ega bo`ldi. Buning asosiy sababi shundaki, G`arbiy Yevropada mazkur davrdagi tarixiy sharoit, katolik cherkovining reaksion tazyiqi ilm-fanning o`sishiga, rivojiga jiddiy to`sqinlik qildi. Shunga qaramasdan, o`rta asrlarda shu davrgacha yozuviga ega bo`lmagan bir qator xalqlarda, masalan, got, arman, irland, qadimgi ingliz, slavyan va boshqalarda yozuv – yozuv sistemasi paydo bo`ldi.

Yevropada o`rta asrlarning oxirroqlarida – XI-XII asrlarda falsafiy-lisoniy bahs-munozara avj oldi. Bu munozara realizm va nominalizm ta’limotlari nomini oldi.

Yevropada o`rta asrlarning oxirroqlarida – XI-XII asrlarda falsafiy-lisoniy bahs-munozara avj oldi. Bu munozara realizm va nominalizm ta’limotlari nomini oldi.

Ruhoniy Anselm (1033-1109) boshchiligidagi realizm ta’limotiga ko’ra faqat umumiy tushunchalargina (masalan, daraxt tushunchasi, harakat tushunchasi va b.) real mavjud. Ushbu tushunchalarga muvofiq keluvchi predmet va hodisalar esa ularning kuchsiz nusxasi xolos. Yana ham anig’i ob’yektiv dunyo umumiy tushunchalardangina iborat. Ayni tushunchalarda qayd etilgan, ifodalangan predmet va hodisalar esa o`sha tushunchalarning yuzaki nusxasi (kopiyasi)dir.


Download 388.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling