O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili lingvistika fakulteti


Download 17.91 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi17.91 Kb.
#1496584
Bog'liq
magistratura


O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Ingliz tili lingvistika fakulteti
Magistratura 23-16A guruh talabasi
Yoqubjonova Muxlisa

Ilmiy izlanishda olimning ijtimoiy ma’suliyati


Olimlarning ijtimoiy ma’suliyatining ortib borishi 20-asr oxiri va xozirgi davrda tabiiy-ilmiy va texnik bilimlarning insonparvarlashuvida o’z ifodasini topdi.
Ma’suliyat –ijtimoiy ahamiyat burch va vazifalarning bajarilishi, uning oqibatiga javobgarlikni his etish , anglashdir.
Insoniyat taraqqiyotining muayyan davrida fan “havaskorlik” mashg'uloti sifatida asosan badiiy ijodda ustuvor bo‘lgan va keng ko‘lamli tadqiqotlami talab
qilmagan. Ammo u jamiyat hayotida amaliy foyda keltira boshlashi mablag’lar kiritiladigan ijtimoiy mehnat tarmog‘iga aylangach, ilmiy tadqiqotlar buyurtmaga muvofiq bajarila boshlagan. Va shu davrdan boshlab ilmiy tadqiqotlaming mavzularini belgilash, fanni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini tanlash va ilmiy mehnatga baho berish fandan mutlaqo uzoq odamlar qo4liga tushdi va olimlar ixtiyoridan chiqdi. Bundan eng awalo fundamental fanlar jabr ko‘rdi, chunki unga ajratiladigan mablag‘lar kamaydi, undan kadrlar ketib qola boshladi, uning obro'si pasaydi. Olimlar buyurtma bajaruvchi yollanma kasb egalari bilan bir qatorga qo'yildilar Bu ularning qarshiligi va noroziligiga sabab bo‘ldi. Olimlaming erkin faoliyatiga salbiy ta’sir qildi.
Olimlarga tadqiqot faoliyati erkinligi, uning muammolarini mustaqil tanlash, fanni rivojlantirish uchun mo’ljallangan resurslar qaysi ilmiy muammolarga va qay tarzda sarflanishi lozimligmi hal qilish imkoniyati berilishi kerak. Aks holda fan imkoniyailaridan amalda to'laqonli foydalanilmaydi. Bunga javoban fanning erkinligi g ‘oyasining muxoliflari ilmiy faoliyat ustidan ijtimoiy nazorat tamoyilini ilgari suradilar.
Hozirgi davrda fanning erkinligi va uning ustidan ijtimoiy nazorat о ‘rnatish о ‘rtasidagi ziddiyat odatda fanni rivojlantirishga olimlami ham, amaliyot hodimlarini ham jalb qilish yo'li bilan yechiladi. Olimning ijtimoiy mas*uliyati tamoyili ilgari surilishi bilan bog'liq. Unga muvofiq, olim o z ilmiy faoliyatining
metodlari va maqsadlari uchun ham; uning natijalari va oqihatlari uchun
ham jamiyat oldida javobgar bo ‘lishi insoniyat oldidagi mas 'uliyaini his
qilishi lozim. Olimning neytralligi uning ilmiy haqiqatga amal qilish, muayyan qadriyatlar va ijtimoiy-madaniy (maikuraviy, diniy, estetik, siyosiy, axloqiy va boshqa) mo‘ljallarga o ‘z munosabatidan qat’i nazar, bu haqiqaini himoya qilishga intilishi bilangina cheklanishi lozim.

Darhaqiqat olimning ilmiy faoliyatga intilishi yuqori ijtimoiy ehtiyoj bo‘lib, u funksional va gumanistik ilmiy izlanish jarayonida namoyon bo‘iadi. Funksional (jismoniy va intellektual kuch me’yori) izlanish gnoseologik tabiatga ega bo‘lib, u olimni tabiat sirlarini aniqlashga, noaniqliklami yechishga, o'z ilmiy faoliyatida tavakkkal qilishga, eng muhimi o ‘z iqtidori va qobiliyatini namoyon qilishga undaydi. Gumanistik darajada esa olimning ijtimoiy mas’uliyati professionallashuvda namoyon bo‘ladi v au ayniqsa П Jahon urushidan keyin yorqin namoyon bo‘ldi. Imiy qadriyatlar olimlaming quyidagi obyektlarga munosabatini boshqaradi: 1) predmetga, tadqiqoming usul va vositalariga nisbatan: 2) ilmiy jamoa va uning maqsadlariga: (instiktiv qadriyatlar); 3) sotsiumga,


ijtimoiy maqsad va fanning funksiyalariga.
Nazariy darajada ijtimoiy mas ’uliyatning uchta jihati farqlanadi:
l)fandagi mas’uliyat ilmiy hodimlaming harakatlari ta’sirida progressiv, gumanistik, axloqiy darajada insoniyatga zarar yetkazmaslikni nazarda
tutadi; 2) Jamiyat oldidagi mas’uliyat olimning mamlakat va davlat
ravnaqiga hissa qolshish, ilmiy bilimga tayangan holda ishlab chiqarish
texnologiyalarini takomillashtirish, barcha bilimini mamlakat mudofaasiga
yolnaltirishda namoyon bo‘lsa, butun insoniyat oldidagi mas’uliyat
dunyoda tinchlikni saqlash, fanning insonparvarlashuviga alohida e ’tibor
qaratishdir. 3) Olim ijtimoiy mas’uliyatining uchinchi jihati insoniyat
oldidagi mas’uliyatni his qilishida namoyon bo‘ladi 1 . Ijtimoiy
mas’uliyatning uchinchi jihati olim tafakkur uslubining ratsionallashuvi va
uning faoliyati natijalari emas, balki oqibatlari haqida o ‘ylashga, xalqaro
terrorizm, har qanday yadro qurollarini yaratishdan voz kechish, yoki
ulami qo'llashni ta’qiqlash, yerda hayotni saqlash borasida ilmiy
izlanishlami olib borish, kosmosni saqlash kabi faoliyatda namoyon
bo‘ladi. Olim ijtimoiy mas’uliyatining mazmuni asosan umuminsoniy
axloq mezonlariga tayanadi.
Olimlar ijtimoiy mas’uliyatining ko‘p jihatlari bir-biridan farq qilsada,
ulami bitta umumiy jihat tinchlik uchun kurash g'oyasi va faoliyati birlashtiradi. Bugungi hmda dunyo olimlari eng muhim masalani insoniyat, fan oldidagi mas 'uliyatini his qilishlari yerda hayotni saqlab qolish imkoniyatini beradi.
Ijtimoiy mas uliyatning ikki muhim omili birinchi fundamental va
amaliy fanlar aloqalarining yangi shakklari va ikkinchidan olim ijtimoiy mas'uliyatining mazmuni va sohasining о 'zgarishidir. Professional mas'uliyat tadqiqotga xos bo'lgan ichki subyektiv qat ‘iу zaruriyat sifatida amal qiladi.
Ijtimoiy mas'uliyaiga faqat tadqiqot g'oyasida, ilmiy g'oyalarning amaliyotga joriy qilish jarayonida murojaat qilinadi. Shu bois, professional va ijtimoiy mas’uliyat orasidagi o‘zaro aloqa nisbatan sayoz bo‘ladi.
“Olimlaming ijtimoiy mas’uliyati ijtimoiy nazoratni to’ldiruvchi, jamiyat uni yo‘lga qo‘ya olmagan holda uning o‘mmi bosuvchi omil bo’lishi va jamiyat yoki boshqa biron-bir ijtimoiy kuch uni monopoliyalashtirgan va undan
g ‘ayriinsoniy maqsadlarda foydalangan hollarda unga qarama-qarshi kuchga aylanishi lozim”.
Yirik olim V. I. Vernadskiy olimlar o’z ilmiy izlanishlari oqibatlaridan ko’z yummasliklari , ular ilmiy tadqiqot oqibatlari uchun mas’ul ekanligini unutmasliklari lozimligini qat’iy takidlagan edi,

Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. Ilmiy izlanish asoslari fanidan ma’ruzalar matni. J.M. Qurbinov/ Z.E. Mamarasulov. Samarqand 2013

  2. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi. N.A. Shermuxammedova. Toshkent 2020

  3. Internet ma’lumotlari

Download 17.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling