O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Kino, televideniye va radio san’ati” fakulteti


Download 149.5 Kb.
bet2/2
Sana25.01.2023
Hajmi149.5 Kb.
#1122641
1   2
Bog'liq
Psixolog

Kasbiy psixologiyaning predmeti – shaxsning kasbiy shakllanish mexanizmi, qonuniyatlari hamda psixologik xususiyatlarini o‘rganishdir.
Bundan kelib chiqqan holda kasbiy psixologiya – bu shaxsda kasbiy maqsadlarni tanlash, kasb egallash, mutaxassisning kasbiy rivojlanishiga doir qonuniyatlarni, shuningdek, shaxsning mehnatga layoqatlilik darajalarini o‘rganuvchi psixologiya fanining sohalaridan biridir, – deb aytish mumkin.
Kasbiy psixologiyaning ob’ekti – shaxsning kasb bilan hamkorligi yoki o‘zaro bog‘liqligidan iborat. Kasbiy psixologiya psixologiya fanining mustaqil sohasi bo‘lib, u o‘zining tadqiqot predmeti va ob’ektiga ega. Shu jihatdan aynan u mehnat psixologiyasimuhandislik psixologiyasi, yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanlarining ob’ekti va predmetidan farqlanadi.
Mehnat psixologiyasi-inson psixik faoliyatining takomillashishi va qonuniyatlarini o‘rganuvchi psixologiya sohasi bo‘lib, u mehnat jarayonida shaxsdagi jarayon, holatlar va xususiyatlarni o‘rganadi. Mehnat psixologiyasi vazifalariga psixologiyaning mehnat faoliyatini psixologik muammolarini, mehnat unumdorligini orttirishning psixologik shart-sharoitlarimehnat va dam olish rejimi, mehnat turlarini psixologik tahlil qilish, kadrlarni ularning individual psixologik xususiyatlariga qarab tanlash hamda joy-joyiga qo‘yish, ishlab chiqarish avariyasi va travmasining psixologik sabablari kabi masalalar kiradi.
Mazkur farqlar jadvalda qo‘yidagicha ifodalaniladi:


Psixologiya fanlarining tarmoqlari


Tadqiqot predmeti


Tadqiqot ob’ekti

Mehnat psixologiyasi


Mehnat faoliyatining psixologik qonuniyatlari va xususiyatlari


Mehnat faoliyatining yangi va uning psixolo-gik, bajaruvchilik tavsiflari


Muhandislik psixologiyasi


Inson va texnikaviy tizimlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning psixologik qonuniyatlari


Inson-mashina tizimi


Pedagogik psixologiya


Ta’lim va tarbiyaning psixologik qonuniyatlari


Ta’lim oluvchi va tarbiyalanuvchi shaxsi


Yosh davrlari psixologiyasi


Shaxsning ontogenezda rivojlanishining psixologik qonuniyatlari


Shaxsning ontogenezda psixik rivojlanishi


Kasbiy psixologiya


Shaxsni kasbiy shakllanishining psixologik qonuniyatlari


Shaxsning “inson-kasb” tizimida kasbiy rivojlanishi






XULOSA
Xulosa qilib aytganda hozirgi kunda ko’plab kasblar mavjud bo’lib, odam o’z qiziqishlariga, hayot davomida shu kasbidan pul topa olib, yashay olishini ko’ra olishi kerak. O’z kasbini tanlagandan keyin shu kasbni puxta va yaxshilab ham nazariy, ham amaliy o’rganishi kerak. Kasbi o’rganib bo’lgandan keyin aniq maqsad qilgan holda, kuchli intilish va harakat qilishi kerak.
Download 149.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling