O‘zbekiston ekosistemalari va ularni haritada aks ettirish


Download 30.04 Kb.
bet1/7
Sana23.09.2023
Hajmi30.04 Kb.
#1686770
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O‘zbekiston ekosistemalari va ularni haritada aks ettirish-fayllar.org


O‘zbekiston ekosistemalari va ularni haritada aks ettirish

O‘ZBEKISTON EKOSISTEMALARI VA ULARNI HARITADA AKS ETTIRISH.
Reja:
Kirish.
Asosiy qism
1. Ekosistemalar va ularning tuzilmasi. Ekosistemada energiya oqimi.
2. Ekosistemalar mahsuldorligi.
3. Ekosistemadagi o‘zgarishlar. Suksessiya.
4. Xorazm viloyatning ekologiyasi va xaritasi
Xulosa
Foydalangan adabiyotlar ro‘yxati

Kirish
Tirik organizmlar jamoasi abiotik muhit bilan moddiy-energetik aloqada yashaydi. O`simliklar ozuqlanish jarayonida o`lik tabiatdan karbonot angidrid, suv, kislorod va mineral tuzlarni oladi ya'ni ular hali iste'mol qilishga tayyor bo`lmagan anorganik moddalarni olib, ulardan organik birikmalarni sintezlaydi. Shuning uchun ham ularga avtotroflar, ya'ni o`zlari uchun o`zlari ovqat tayyorlaydiganlar deb nom berilgan. Tayyor ozuqa moddalari bilan oziqlanuvchi organizmlarga esa geterotroflar deyiladi. Bularga barcha o`txo`r va etxo`r organizmlar misol bo`ladi. Demak, geterotrof organizmlar avtotrof organizmlar hisobida yashaydi. Ular tashqi muhitdan qo`shimcha kislorod va suv ham oladi.

Avtortrof va geterotrof organizmlarning olgan ozuqasi tarkibidagi barcha moddalarning o`rni biogen modda aylanishi davomida tabiatda tiklanib turadi. Demak, barcha organizmlar modda aylanish jarayonida ham o`zaro va ham tashqi muhit bilan bog`langan yaxlit tizimni hosil qiladi.


Ekotizimning sinonimi sifatida fanda ko`pincha biogeotsenoz atamasi ham qo`llaniladi. Bu ikkala tushuncha bir-biriga yaqin, biogeotsenoz ekotizimning muayyan maydondagi bir bo`lagi hisoblanadi.


Asosiy qism
1. Ekosistemalar va ularning tuzilmasi.
Ekosistemada energiya oqimi.
Organizmlar jamoasi anorganiq muhit bilan chambarchas boglangan. O‘simliklar tanasiga tashkaridan uglerod IV-oksid, suv, kislorod va mineral tuzlar tushib turgandagina yashay oladi. Geterotrof organizmlar o‘simliklar hisobiga yashasada, ular ham kislorod va suv kabi anorganiq moddalarga muxtojdir.

Har qanday muhitda ham, agar anorganik moddalar zahirasi tiklanib turmasa, ular tugab kolishi mumkin. Organizmlarning xayot faoliyati uchun zarur bo‘lgan biogen elementlarning atrof muhitga kaytarilishi organizmning xayot faoliyati jarayonida (nafas olish, ekskretsiya) hamda ular ulgandan keyin parchalanishi natijasida yuz beradi. Demak, jamoalar noorganiq muhit bilan shunday sistema hosil qiladiki, bu sistema ichida organizmlarning xayot faoliyati natijasida yuzaga chikadigan atomlar oqimi davra hosil kilib aylanib turadi. Modda almashishi mumkin bo‘lgan tirik organizmlar bilan o‘lik tabiat komponentlarining majmuasi ekosistema deb ataladi. Bu suzni ingliz ekologi A.Tensli 1935 yilda fanga kiritgan. A. Tensli ekosistemani tabiatning asosiy birligi deb hisoblagan. Ekosistemada modda almashishi sodir bo‘lishi uchun noorganiq elementlarning o‘zlashtiriladigan xolatdagi zahirasi hamda organizmlarning 3 ta ekologik guruhi: produtsentlar, konsumentlar va redutsentlarning bo‘lishi shart.


Ekosistemadagi avtotrof organizmlar produtsentlarni tashkil qiladi va ular uz tanalarini anorganiq birikmalar hisobiga kuradilar. Konsumentlar-geterotof organizmlar bo‘lib, produtsentlarning yoki boshqa konsumentlarning organiq moddasini istimol qiladi va uni yangi shaklga utkazadi. Redutsentlar o‘lik qoldiqlar hisobiga yashaydi va organiq birkmalarni anorganiq birkmalar xolatiga utkazadi.
Organizmlarning bunday guruhlarga ajratish nisbiydir. CHunki produtsentlar va konsumentlar qisman redutsentlar vazifasini ham bajaradi, tashki muhitga anargonik birkmalar ham ajratadi.
Atomlarning doira buylab aylanishi konsumentlarsiz ham amalga oshishi mumkin. Lekin bunday ekosistemalar juda kam. Masalan, faqat mikroorganizmlardan iborat ekosistemada bu xodisa kuzatiladi.
Ekosistemaning xajmi juda turli-tuman. Daraxt pustlogidagi lishayniklar tuplamidan tortib, butun Er sharini aloxida ekosistema deb qarash mumkin. Kichik ekosistemalarda ham biogen elementlarning aylanishi ruy beradi. Lekin moddalarning va organizmlarning ekosistema chegarasidan tashkariga chikishi sodir bo‘lib turadi. Kattarok ekosistemalarda modda almashishi to‘likrok amalga oshadi. Lekin eng katta ekosistemalar ham yopik xoldagi modda aylanishiga ega emas.
Ekosistema ta’limoti bilan bir katorda biogeotsenoz ta’limoti ham mavjud. "Biogeotsenoz" tushunchasi N.V.Sukachev tomonidan fanga kiritilgan. Ekosistema va biogeotsenoz tushunchalar bir-birga yakin. Lekin ekosistema modda aylanishi ruy beradigan sistema deb qaralsa, biogeotsenoz ma’lum o‘simliklar bilan koplangan maydonlarga nisbatan kullaniladigan tushunchadir.
Ekosistemada organizmlarning xayot faoliyati va moddalarning aylanishi yuzaga chikib turishi uchun energiya kelib turishi zarur. Erdagi xayot kuyosh enegiyasi hisobiga yuzaga chikadi. Kuyosh enegiyasini fototrof organizmlar kimyoviy boglar energiyasiga aylantiradi. Geterotrof organizmlar energiyani oziq bilan oladi. Barcha tirik organizmlar bir-biriga oziq hisoblanadi, ya’ni energetik munosabatlar bilan boglangan. Jamoadagi oziq munosabatlari energiyani bir organizmdan ikkinchisiga utishini ta’minlaydigan mexanizmlardir.
Biotsenozdagi oziqa aloqalari ko‘p qirralidir. Lekin har bir energiya porsiyasining organizmlar orqali oqimi ancha kiska. O‘simliklar tomonidan yigilgan energiya ko‘pi bilan 4-6 ta bir-biri bilan oziqlanadigan organizmlar zvenosi orqali utadi. Energiya oqimi kuzatiladigan bunday zvenolar oziq zanjirini hosil qiladi. Har bir zvenoning oziq zanjirida tutgan urni trofik daraja deyiladi. Organiq modda yaratadigan produtsentlar birinchi tartibli trofik darajasini hosil qiladi. O‘simlikxur konsumentlar ikkinchi, o‘simlikxur hayvonlar bilan oziqlanandigan yirtqichlar – uchinchi, yirtqichlar bilan oziqlanadigan boshqa yirtqichlar –turtinchi trofik darajani hosil qiladi va x.o. Oziq zanjiridagi urniga qarab 1-,2-,3 – tartibli konsumentlar farq qilinadi. Oziq spektri keng bo‘lgan turlar turli trofik darajalarga qo‘shilishi mumkin va turli oziq zanjirlari tarkibiga kirishi mumkin.
Konsumentlar tomonidan qabul qilingan oziq to‘liq o‘zlashtirilmaydi. O‘zlashtirilmagan qismi yana tashki muhitga kaytariladi va keyinchalik boshqa oziq zanjiriga tushishi mumkin. O‘zlashtirilish xajmi oziqning tarkibiga va xazm kilish fermentlari tuplamiga bog‘liq. Hayvonlarda o‘zlashtirilish 12-20 % dan 75%gacha va undan yukori bo‘lishi mumkin. O‘zlashtirilgan oziq va undagi energiya 2 xil jarayoniga sarflanadi. Energiyaning ko‘p qismi xujayradagi ish jarayoniga sarflanadi. Parchalanish mahsulotlari esa tashkariga chikariladi. Xayot faoliyatiga sarflanayotgan energiya xajmini ajralib chikayotgan SO2 ga qarab baxolash mumkin.
O‘zlashtirilgan oziqning kamrok qismi o‘sishga yoki zahira oziq tuplashga, tana ogirligining oshishiga va ko‘payishga sarflanadi. Organizmda energiyaning kimyoviy reaksiyalar orqali uzatilishida bir qismi issiklik sifatida yo‘qotiladi. Hayvonlarning muskullari ishlaganda bunday yo‘qotish juda katta bo‘ladi. Oxir okibatda modda almashinishiga sarflanayotgan energiyaning hammasi issiklik energiyasiga aylanib, atrof-muhitga sochiladi.
Organizm xayot faoliyatiga sarflanayotgan energiya ko‘pincha nafas olishiga sarflanayotgan energiya deb ataladi va u o‘sishiga sarflanayotgan energiyadan ko‘p marta yukori bo‘ladi. YOsh organizmlarda o‘sishiga sarflanayotgan energiya qariroq organizmlardagiga nisbatan yukori bo‘ladi.
Demak, oziq sifatidagi energiyaning asosiy qismi xayot faoliyatini tutib turishga sarflanar ekan, energiyaning oziq zanjiridagi bir zevenodan ikkinchisiga utishida ko‘p qismi yo‘qotiladi. Faqat o‘sishga sarflangan energiyagina bir zvenodan ikkichisiga o‘tadi. Oziq zanjirida har bir zvenoda yo‘qotilgan energiya miqdori ta’minan 90% tashkil qiladi. Agar o‘simlik organizmida 1000 joul energiya bulsa, utxur hayvon bu o‘simlikni to‘liq eganda hayvon tanasida 100 joul energiya to‘planadi. Bu hayvonni yirtqich eganda yirtqich tanasida 10 joul energiya yigiladi va bu yirtqich ikkinchi yirtqichga em bo‘lganda uning tanasiga 1joul energiya utadi.
Demak, o‘simlik tamonidan to‘plangan energiya oziq zanjiri buylab keskin kamayib boradi. SHuning uchun oziq zanjiri faqat 4-5 ta zvenodan iborat bo‘ladi.
Ekosistemada energiya aylanishi bilan modda aylanishi bir xil tarzda sodir bulmaydi. Ekosistemaga har doim yo‘qotilgan energiya urniga yangi energiya oqimi kelib turishi kerak.


Download 30.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling