O‘zbekiston Fanlar akademiyasining O‘simlik va hayvonot olami genofondi institutida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Ekoharakat deputatlar guruhi hamda Ekologiya


Download 87 Kb.
bet2/4
Sana26.12.2022
Hajmi87 Kb.
#1066672
1   2   3   4
Bog'liq
insholar

OBOD MAHALLA OBOD O`LKA
Inson yaralibdiki ko’ngillar mehr rishtasi ila bog’langan. Ana shu samimiy tuyg’u tufayli qalblarimiz shod, dillarimiz obod. Yoshligimizdan bir-birimizga mehr-oqibatli, g’amxo’r, mehribon va dildosh bo’-lishni sochlaridek ko’ngillari ham oq bobo-buvijonlarimiz uqtirib kelishgan. Turli rivoyat va hikmatlar aytib nasihat qilishadi. Mana shu sabab ham murg’ak qalbimizda eng toza tilaklar paydo bo’la boshlaydi. Yaxshiyamki dunyoda xonadinimiz farishtalari, yuzlaridan nur yog’ilib turgan yoshi ulug’la-rimiz, duogo’ylarimiz bor. Ular sabab har bir kunimiz fayzli. Katta hayot tajribasiga ega bo’lgan bobo va buvilarimizning o’giti, pand-nasihatlari oilada muhim ahamiyat kasb etadi. Oqni qoradan, yaxshini yomondan farqlashda, odob sirlarini o’rganishda, xalqimiz hayotida asrlardan buyon davom etib kelayotgan rasm-rusum va urf-odatlarni o’rganishda ular yaqin maslahatchiga aylanadilar.  
Yurtboshimiz Islom Karimov Konstitutsiyamizning 22 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimda so’zlagan nutqida 2015-yilni mamlakatimizda “Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilinishi barchaga birdek quvonch bag’ishladi. Bu yil inson va uning hayotiga bo’lgan g’amxo’rlik, e’tiborning amaldagi na-munasi sifatida yurtimiz tarixi zarvaraqlarida muhrlanib qolishi shubhasiz. Nuroniylarning uy-joy va mai-shiy sharoitlarini yanada yaxshilash, ularni dori-darmonlar va boshqa vositalar bilan ta’minlash bo’yicha samarali ishlar qilinmoqda.
Xalqimiz azaldan keksalarga hurmat ko’rsatish, yoshi ulug’ insonlar duosini olish, ularning nasihat va o’gitlaridan dasturilamal sifatida foydalanishga intilib keladi. Bu milliy urf-odatlarimizga chuqur singgan bo’lib, mahallalarda keksa nuroniylar e’zozlanib, yoshlar tarbiyasida ularning hayotiy tajribalaridan keng foydalaniladi. Uyimiz fayzi, xonadonlarimiz ko’rki bo’lib o’tirgan bobo-buvijonlarimiz borki, biz-ning ko’nglimiz to’q, yuzimizda baxtning yorug’ nurlari yog’ilib turadi. Erta tongdan kimdir ishga, ya-na birov o’qishga shoshadi. Noz-u ne’matga to’la dasturxonlarimiz atrofida farishtadek o’tirgan mehribon-larimizning duolari sabab kunimiz barakali, ishimiz unumli bo’ladi. Buni qarangki, kechga yaqin, yana ularning diydoriga oshiqamiz. Ko’zlari to’rt bo’lib bizning kelishimizni intizorlik bilan kutib o’tirgan jonkuyarlarimizni ko’rib charchoqlarimiz chiqib ketadi.
Nabiralar qurshovida o’tirgan faxriy insonlarning hikoyasi, ertagi tugamaydi. Bu ertagu-hikoyalar gohi-da kitobdan, gohida hayotdan olib aytiladi. Ularning har bir hikmatida farzandining orzu intilishla-ri,ruhiyati va tafakkuri, hayot falsafasi, turmush-tarzi to’liq namoyon bo’ladi. Chehralaridan nur, ziyo yog’ilib turgan nuroniylarimiz, keksalarimiz yashayotgan uyimizdan fayz, qut-baraka, hamjihatlik, mehr-oqibat arimaydi. Nuroniylarimizning dur-u gavharga teng so’zlari bizning hayot yo’limizda yo’lchi yulduz kabi nur sochib turadi. Biz har doim ularga suyanamiz. Har bir yutug’imizdan bizdan-da ko’p quvonadigan, xafa bo’lsak, bizdan-da ko’proq aziyat chekadigan ham ular. Shu sabab ham bobo va buvilarimizni asrab-avaylaylik. Borida qadriga yetib, qadrlaylik,e’zozlaylik.
Demak, barchamizni oq yuvib, oq taragan ona yurtimizning og’ir yukini, uning quvonch va tashvishini umr bo’yi yelkasida ko’tarib kelgan mo’tabar bobolarimiz va buvilarimizni rozi qilish, duolarini olish — dunyodagi eng savobli ishdir. Munis onaxon va otaxonlarimiz xonadon ko’rki, oila sha’ni qadr-qimmatini yuksak tutib kelayotgani bilan ham hurmat-ehtiromga munosib. Avloddan-avlodga o’tib kela-yotgan qadriyatlarimiz-u an’analarimiz, bebaho merosimizning donishmand egalari bo’lgan keksalarni e’zozlaylik va ardoqlaylik. Ana shundagina bizga ham baxtli keksalik nasib etadi.

TIL BILGAN-EL BILADI


O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi «Chet tillarni o`rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi PQ-1875-sonli qarori qabul qilinib, oldimizga xorijiy tillarni o`rganish bo`yicha oldimizga bir qator vazifalarni belgilab berdi.
Mazkur qarorda qayd etib o`tilganidek, mamlakatimizda O`zbekiston Respublikasining "Ta`lim to`g`risida"gi qonunini hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish doirasida chet tillarga o`qitishning kompleks tizimi, ya`ni uyg`un kamol topgan, o`qimishli, zamonaviy fikrlovchi yosh avlodni shakllantirishga, respublikaning jahon xamjamiyatiga yanada integratsiyalashuviga yo`naltirilgan tizim yaratildi.
Shu bilan birga, chet tillarni o`rganishni tashkil qilishning amaldagi tizimini taxlil etish natijasida, ta`lim standartlari, o`quv dasturlari va darsliklar zamon talablariga, xususan, ilg`or axborot va media-texnologiyalardan foydalanish borasidagi talabga to`liq javob bermayotganligi e`tirof etilgan.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maxsus bayoni qarori asosida Xalq ta`limi vaziri Temir Shirinovich Shirinovning joylarga xizmat safari tasdiqlandi.
O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vaziri Temir Shirinovich Shirinov 2013 yil 4-6 fevral kunlari Qoraqalpog`iston Respublikasida ta`lim muassasalarida o`quv-tarbiya jarayonini yaxshilashga, ilg`or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga, o`quvchilar tomonidan chet tillardan va informatika asoslaridan bilim olishini ta`minlashga qodir bo`lgan kasbiy tayyorgarlikka ega va zamonaviy fikrlaydigan pedagog kadrlar bilan ta`minlash masalalari yuzasidan umumta`lim maktablariga tashrif buyurdi.
Xizmat safari davomida ta`lim muassasalarida zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalardan foydalangan holda o`qitishning ilg`or uslublarini joriy etish yo`li bilan, yosh avlodni chet tillarga o`qitish hamda mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish bo`yicha takliflar tayyorlanadi.
O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vaziri T.Shirinov 2013 yil 4 fevral` kuni kunning birinchi yarmida «Progress» ta`lim va rivojlantirish markaziga tashrif buyurdi.
Bu erda chet tillarni o`qitish, chet tillarni o`qitishda qo`llanilayotgan yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish, shuningdek, qo`shimcha ta`lim berish borasida olib borilayotgan namunali ishlar bilan tanishdi. Tashrif davomida O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vaziri T.Shirinovga Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi Raisi o`rinbosari O.Hamraev, Xalq ta`limi vaziri R.Matqurbanov va boshqa soha mutasaddilari hamrohlik qilishdi.
Kunning ikkinchi yarmida mehmonlar K.Ubaydullaev nomidagi Respublika pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti faoliyati bilan tanishishdi.
Shundan so`ng, mehmonlar Chimboy tumanidagi 5-sonli umumta`lim maktabi hamda Bolalar musiqa va san`at maktabi, Qorao`zak tumanidagi 1-sonli umumta`lim maktabi hamda Bolalar musiqa va san`at maktabiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida ta`lim muassasalarida olib borilayotgan informatika va chet tili fanlarining o`qitilishi, bu borada erishilayotgan yutuq va muammolar, malaka oshirish tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligi va natijadorligini oshirishga qaratilgan e`tiborli ishlar bilan yaqindan tanishildi.
O`qituvchilar va soha mutaxassislari bilan uchrashuvlar chog`ida chet tilini o`rganish borasida bugungi kungacha amalga oshirilgan ishlar va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo`lgan, shuningdek, yuzaga kelishi mumkin bo`lgan muammolarni bartaraf etish bo`yicha takliflar va fikr-mulohazalar bildirildi.
2013 yil 5 fevral` kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqa teatrida ushbu masalaga bag`ishlangan yig`ilish o`tkazildi. Ushbu yig`ilishni Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi Raisi o`rinbosari O.Xamraev olib bordi. Yig`ilishda tuman, shahar hokimlarining iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo`yicha o`rinbosarlari, xalq ta`limi muassasalari faoliyatini metodik ta`minlash va tashkil etish bo`limlari mudirlari, ta`lim muassasalari rahbarlari, matbuot xodimlari ishtirok etishdi.
Yig`ilishda so`zga chiqqan O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vaziri Temir Shirinovich Shirinov, Xalq ta`limi vazirligining bosh boshqarma boshlig`i Fayzulla Hojievich Ahmedov va boshqalar prezidentimizning mazkur qarorining ijrosini ta`minlash borasida respublikamizda bir qator ishlar amalga oshirilayotgan bo`lishiga qaramasdan, ayrim rahbarlar va soha mutaxassislarining o`z vazifasiga sovuqqonlik bilan yondoshishlari natijasida bir qator xato-kamchiliklar va nuqsonlarga yo`l qo`yilayotganligini uqdirib o`tishdi.
Yig`ilishda ushbu muvaffaqiyatlarni yanada rivojlantirish, yo`l qo`yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish, kelgusida ularning oldini olish bo`yicha qator taklif va fikr-mulohazalar bildirildi.
ONA BUYUK ZOT
Bugun onalarimiz, opa-singillarimiz mamlakatimizning katta vazifasini zimmasiga olgan senator, deputat, vazir, hokim, tashkilot rahbari, ilm so‘qmoqlarida ixtirolar yaratayotgan olima, madaniy merosimiz rivojiga hissa qo‘shayotgan san’atkor, xalqimiz baxtini tarannum etayotgan adiba, xalqaro musiqa, fan olimpiadalari va sport musobaqalarining g‘oliblari, yangi avlodning oqila murab­biyasi, dillariga darmon shifokori, xullasi kalom, har biri yurtimizning fidoyisi.
Yurtboshimizning «Ayollarni qancha ulug‘lasak, hayo­timizning chirog‘i, umrimizning guli deb e’zozla­sak, demakki, oilamizni, Vatanimizni e’zozlagan bo‘lamiz», «Dunyoda «muqaddas» degan so‘zga eng muno­sib zot ham — Onadir», degan da’vati bugun har birimizning ongu shuurimizni munavvar etib, ezgu ishlarimizga qanot bag‘ishlayapti. Ayol — Oila — Jamiyat —Taraqqiyot tushunchalarining bir-biriga uzviy bog‘langan­ligini teranroq anglatib, bu uzviylikni qadrlash­ga, mustahkamlashga undayapti.

Download 87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling