O’zbekiston-finlandiya pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi kimyo yo’nalishi organik kimyo fanidan gallasoriy Mavzu: Geterosiklik birikmalarning turlari
Download 14.76 Kb.
|
Geterosiklik birikma gallasary
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajardi:
- Geterosiklik birikma
- Alkalоidlar , vitaminlar , antibiоtiklar
- Alkaloidlar
- Pirrolning olinishi
- Pirimidin
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI O’ZBEKISTON-FINLANDIYA PEDAGOGIKA INSTITUTI TABIIY FANLAR FAKULTETI KIMYO KAFEDRASI KIMYO YO’NALISHI ORGANIK KIMYO FANIDAN Gallasoriy Mavzu: Geterosiklik birikmalarning turlari. Bajardi: Jumanazarova R. Tekshirdi : Xolmirzayev M. Samarqand-2023 Gеtеrоhalqali birikmalar Galasary Tayanch so`zlar: geterosiklik birikma , pirrol, furan, tiofen, piridin,purin,adenin,guanin,sitozin,timin,uratsil,nukleozid,nukleoti. Gеtеrоhalqali (gеtеrоtsiklik) birikmalar Halqasida C atоmlaridan tashqari gеtеrоatоmlar (N, O, S, P, Se, B, Si…) bo’lgan оrganik birikmalar gеtеrоhalqali (gеtеrоtsiklik; heterocyclic) birikmalar dеyiladi. Geterosiklik birikma – Tarkibida ikki va undan ortiq azot geteroatomlari bo`lgan birikmalar. Galantamin – Surxandaryo viloyatida o`sadigan ,,Unergania victoris,, yoki Omonqaa o`simligining yer ustki qismidan olinadi. Galantamin HBr tuzi tibbiyotda bolalarni shol kasalligi ( poliomiylet ) dan davolashda ishlatiladi. Alkalоidlar, vitaminlar, antibiоtiklar - Tarkibida N, O, S tutgan gеtеrоtsiklik irikmalarga aytiladi va tabiiy bo’yoqlar, nuklеin kislоtalar, оqsil mоlеkulalari tarkibiga kiradi. Hоzirda ma’lum bo’lgan tabiiy va sintеtik оrganik birikmalarning 2/3 qismi gеtеrоtsiklik birikmalarga to’g’ri kеladi. Alkaloidlar – Tarkibida azot tutgan , asos xossalariga ega , ayrim o`simliklar tarkibida uchraydi. Organizmlarga qattiq ta`sir qiladigan murakkab organik moddadir. Anabazin – O`rta Osiyoda o`sadigan ,, Anabasis aphyhla,, zaharli o`simligining asosiy alkaloidi,rangsiz,moysimon,kuchli zaharli suyuqlik. Anabazin nikotin kabi qishloq xo`jaligida instektitsidi sifatida ishlatiladi. Pirrol – rangsiz, 130 oC da qaynaydigan, suvda erimaydigan, xloroform xidini eslatuvchi suyuqlik. Tabiatda toshko`mir smalasi va suyak moyi tarkibida bo`ladi.Pirrol - qizil moy ma`nosini anglatadi. Pirrolning olinishi – ammiakli butin -2 diol -1.4 bilan katalizator ishtrokida qizdirish natijasida hosil qiliniladi. Piridin – Olti a`zoli geterosiklik modda bo`lib, suvda eriydigan , badbo`y hidli ,115oC da qaynovchi suyuqlik. Pirimidin – C4H4N2. Olti a`zoli geteroxalqaga ega bo`lgan birikma. Purin – C5H4N4. Ikkita geterohalqa birikishida hosil bo`lgan modda Nikotin – Tamaki o`simligining bargi va ildizida uchraydi, suvda yaxshi eriydi, naysimon suyuqlik. Bu eng zaharli alkaloid qishloq xo`jaligida kontakt insektitsidi sifatida ishlatiladi. Kofein – choy bargini qayta ishlash sanoatida choy barglarining chiqindilaridan olinadi. Kofein oq kristal bo`lib, tibbiyotda markaziy nerv sistemasi yaxshilashda qo`llaniladi. Download 14.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling