Oʻzbekiston-finlandiya pedagogika instituti
Amaliy kasbiy ta'lim o'qituvchisining ish o'mi
Download 269.81 Kb.
|
Kurs ishi - Texnologiya va Dizayn - Jalilova Bibisora
Amaliy kasbiy ta'lim o'qituvchisining ish o'mi
Ustoz amaliy kasbiy ta'lim o'qituvchisining ish o'rnini oqilona jihozlanishi va tashkil etilishi o'quv ustaxonasida O'quvchilarga muvoffaqiyatli ishlab chiqarish ta'limi berishda katta ahamiyatga ega. O'quv ustaxonasining nimaga ixtisoslan-ganligidan qat'i nazar, ustozning ish o'rni quyidagi umumiy talablarga javob berishi kerak: O'quvchi quyidaqilar o’quv ishlab chiqarish ishlarini bajarishning mehnat usullarini yaqqol ko'rsatish uchun zaruriy sharoit yaratilishi-maxsus qurilmalar bilan ta'minlanishi, ular qulay joylashtirilishi, yorug'lik, fon yaxshi bo'lishi kerak; barcha o'quvchilar aniq ko'rishi uchun qulay bo'lishi; uskunalar, jihozlar, o'quv-texnika hujjatlari, ta'limiy-didaktik va texnik vositalar joylashtirilishi, saqlanishi hamda foydalanishining qulayligi hamma narsa qo'l yetadigan joyda bo'lishi, qidirish, foydalanish uchun ko'p vaqt va kuch sarflash talab qilinmasligi; O’quvchilarga kirish, joriy va yakuniy yo'riqlar berish paytida ular tanlaydigan maxsus maydonchalarning mavjudligi. Namunali o'quv-texnika jihozlari, estetik bezagi va doimo saranjom bo'lishining o'quvchilarga tarbiyaviy ta'siri katta bo'lib, ular uchun o'rnakdir. Ta'lim mazmunining takomillashtirilishiga, ilmiy tavsiyalarga hamda pedagogik tajribaning yutuqlariga muvofiq o'quv-texnika va, didaktik materiallarining sistematik to'ldirib, yangilanib turishi. Ustoz ish о'rnining tashkil etilishi va jihozlanishi tegishli kasb xususiyatlariga, o'quv muassasasining imkoniyatlariga, ustozning tajribasiga, o'quv muassasasidagi o'quv-material ta'minotining umumiy uslubiga bog'liq, Shartti ravishda ustoz ish o'rnini asosiy qo'shimcha (takomillashtirish maqsadida vujudga keltiriladigan) jihozlashga ajratish mumkm. Asosiy jihozlarga quyidagilar: ustoz ish o'rning uskunalari o'rnatiladigan podium (supacha); ish stoli va stuli, sinf doskasi, videoproektor; o'rgatiladigan barcha operatsiyalar va tipik ishlab chiqarish ishlari bo'yicha didaktik vositalar va o'quv-texnika hujjatlari; o'quv-ishlab chiqarish ishlarini bajarishning mehnat harakatlari va usullarini namoyish qilish uchun moslama (namoyish qilinadigan dastgoh panel, dastgoh, elektr yig'uv tarmoqcha, o'quv xonasi, payvandlash posti va hokazo); asboltlar, moslamalar, materiallar, hujjatlar, ta'limning didafctik va texnika vositalarini saqlash uchun moslama (shkaflar, qutilar, kassetalar, peshtaxtalar va hokazo); ta'limning didaktik va texnik vositalaridan foydalanish va saqlash uchun moslama (namoyish taxtalari, plakatlar osiladigan joy, ekran va hokazo). Ta'limning texnik vositalari (TTVj, signalizatsiya va o'quvchilar bilan tezkor aloqa bog'lashni masofadan boshqarish pulti. O'quvchilarning ish o'miga energiya - elektr toki, siqiq havo, issiq havo va hokazolarni yetkazib berish va to'xtatib qo'yish uchun maxsus tarmog'i. Ustozning ish o'rnini didaktik vositalar bilan ta'minlash alohida ahamiyatga ega. Bu masalaga kompleks yondashish kerak, ya'ni ustaxonada o'rganiladigan o'quv dasturming har bir mavzusi uni o'quvchilar to'la va sifatli o'rganishini ta'minlaydigan «eng maqbul miqdordagi» vositalar bilan jihozlanishi lozim. Ish o'rnida, albatta, barcha zarur ma'lumotnoma jadvallari, standartlar jadvali, ma'lumotnoma adabiyoti, tegishli kasb bo'yicha barcha darslikiar va qo'llanmalari bo'lishi shart. Bularning hammasi ustoz ishini tartibga soladi, ish vaqtini ancha lejaydi, uning obro'si oshishiga yordam beradi. O'quvchilaming ish jarayonida ularda asosiy ma'lumotnoma materiallari bo'Ushi haqida ham g'amxo'rlik qilish kerak. Ustaxona devorlariga osilgan ma'lumotnoma jadvallari o'rnatilgan taxtalar yoki asosiy ma'lumotnoma jadvallarining to'plamlari shular jumlasiga kiradi. O'quv ustaxonaning tashqi bezagi nihoyatda xilma-xil bo'lishi mumkin, bunda koip narsa ana shunday bezashning imkoniyatlariga, ustoz va guruh faollarining tashabbuskorligiga, bilim yurti bezaklarining umumiy uslubiga bog'liq bo'ladi. O'quv ustaxonasini bezash paytida me'yordan chiqib ketmaslik kerak. Ustaxona devorlarining bo'm-bo'sh bo'lishi yaxshi emas, ammo devorlarga ko'pdan-ko'p plakatlar, taxtalar va jadvallarni qalashtirib tashlash kerak emas. Devorlarda turli-tuman axborotlar ko'p bo'lsa, ular idrok etilmaydi, aksincha, ularga ko'nikib qolinadi, xolos. Devorlarda, ustaxonalarda ta'limni samarali o'tkazishda yordam beradigan zarur narsalargina bo'lishi lozim. Ustaxona-devorlari bezagining holati katta ahamiyatga ega. Ustoz shuni hamisha yodda tutmog'i kerakki, palapartish bajarilgan sxemalar, jadvallar va hokazolarni ustaxonaga osib qo'yishga sira yo'l qo'ymaslik kerak. Ustaxonadagi ko'rgazmali rnateriallar bir xil ramkalarga joylashtirilishi va albatta, oyna bilan qoplangan bo'lishi kerak. Chunki ustaxonaning bezagi ham tarbiyaviy ahamiyatga ega. Ustaxona tashqi bezagining eng ixcham taxminiy ro'yxati quyidagicha tuzilishi mumkin: «Mahorat tavsifi» stend-plakati. O’qituvchining ish o’rni o’quv ustaxonalarini jihozlashning eng muhim elementlaridan biri hisoblanadi. Shuning uchuy, ustaxona maydoni yetarli bo’lgan hollarda, o’qituvchining ish o’rnini to’g’ri tashkil etishga va barcha kerakyaroqlar bilan to’liq jihozlanishiga alohida e’tibor berish kerak, chunki o’qituvchi o’z ish o’rnida doskadan, texnika vositalardan foydalanib, har xil o’quvko’rgazma qurollarini namoyish qiladi, tushuntirish ishlarini olib boradi, dastgoh va asbobuskunalardan foydalanish usullarini ko’rsatadi. Uqituvchining ish o’rni poldan 20—30 sm balandroq bo’lgan maxsus maydonchaga joylashtiriladi. Bu narsa o’qituvchi tomonvdan ko’rsatilayotgan ish usullarini o’quvchilarning bemalol ko’rishiga, tushuntirishlarini yaxshi eshitishiga, shuningdek, o’quvchilarning bajarayotgan ishlarini o’qituvchining kuzatib borishiga imkon beradi. O’qituvchining ish o’rni, uning egallaydigan maydoni va unga joylashtiriladigan jihozlarning taxminiy ro’yxati 1, 2 - rasmlarda keltirilgan. Chilangarlik ustaxonasida tashkil etiladigan o’qituvchi ish o’rnining ayrim namunalari ko’rsatilgan. O’quv ustaxonalarida mashg’ulotlarga oid film, diafilm, diapozitivlarni namoyish qilish uchun doskaning ustiga 150X 120 sm o’lchamli o’raladigan ekran osilib, xonaning qarama-qarshi tomoniga kinoapparat, proyeksion fonar, epidioskop, filmoskop kabi texnik vositalarni o’rnatish uchun balandligi 80—90 sm li maxsus taglik yoki stol o’rnatiladi. Doskaning ikki chetiga chiqadigan qilib uning yusori qirg’ori balandligida 10—12 mm yo’g’onlikdagi sterjen o’rnatilsa, undan texnologik karta, ish chizmalari va tablisalarni saqlash va namoyish qilishda foydalanish mumkii. Bunda karta va tablisalar surilma ilgaklarga osib qo’yiladi. Imkoniyat va zaruratga qarab doskaning ikki yoniga asbobuskuna, ko’rgazmali qurollarni saqlash uchun shkaflar joylashtiriladi. Uqituvchining ish o’rnidagi dastgohni aylanuvchi maxsus taglikka o’rnatish maqsadga muvofiqdir. Bu hol dastgohning tuzilishini, uning yordamida bajariladigan ish usullarini o’quvchilarga turli vaziyatda bemalol ko’rsatish imkonini beradi. Download 269.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling