O’zbekiston-finlandiya pedagogika instituti


Download 10.41 Kb.
bet1/3
Sana20.09.2023
Hajmi10.41 Kb.
#1683029
  1   2   3
Bog'liq
KO\'M 1-mavzu kirish-Taqdimot

 o’ZBEKISTON-FINLANDIYA PEDAGOGIKA INSTITUTI

  • KIMYO KAFEDRASI ASSISTENTI
  • TUXSANOV FERUZ SADULLAYEVICH
  • i
  • МAVZU: KIMYO O’QITISH METODIKASI FANINING VAZIFASI

REJA:

  • 20.09.23
  • Kimyo o’qitishning bilim beruvchi, tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi funksiyalari.
  • Ekologik ta’lim.
  • Uzluksiz ta’lim sistemasi.
  • O’zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlarda kimyoviy ta’limning hozirgi zamon yo’nalishlari

Tayanch tushuncha va iboralar

  • 20.09.23
  • Metodika, o’qitish, didaktika, ta’lim jarayoni, bilim berish, tarbiyalash, rivojlantirish, ekologik tarbiya, tarbiya nazariyasi, ta’lim prinsiplari, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, differensial yondashuv, muammoli o’qitish texnologiyasi, muammoli vaziyat.

МА’RUZA MATNI

  • Kimyo o’qitish metodikasi - pedagogikaning tarkibiy qismi bo’lib, u didaktika bilan chambarchas bog’langan. O’qituvchining ishi o’quvchini o’qitish va tarbiyalash metodikasi bo’lsa, kimyo o’qituvchisi ishining asosi - kimyo o’qitish metodikasidir. O’rta maktabda o’quv jarayoni uchta asosiy funksiyalarni bajarishi kerak: o’quvchilarni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirishdir.
  • .

МА’RUZA MATNI

  • O’qitish funksiyasi didaktika, tarbiyalash - tarbiya nazariyasi, rivojlantirish esa psixologiya fanlari yordamida o’rganiladi. Kimyo fani ham tushunchalarning murakkab sistemasi bo’lib yuqorida qayd qilingan fanlar bilan o’zaro ta’sirlashadi. Bu o’zaro ta’sirlashuv yangi bilimlar sistemasi - kimyo o’qitish metodikasi fani yaratilishiga asos soladi.
  • Didaktika- pedagogika ta’lim jarayonining umumiy qonuniyatlarini o’rganuvchi fandir, u ta’lim nazariyasidir. Ta’lim nazariyasi quyidagilarni o’z ichiga oladi:
  • 1.Ta’lim nazariyasi; 2.Ta’lim prinsiplari; 3. Maktab ta’limining mazmuni, usullari, fanning tashkiliy shakllari.
  • Boshqa fanlar kabi kimyo o’qitish metodikasi uchta asosiy masalani hal qilib beradi:
  • 1. ta’lim - tarbiyaviy ishlarning maqsadi va vazifalari;
  • 2. ta’lim-tarbiyaviy ishlarning maqsadi va mazmuni;
  • 3. o’quvchilarni ma’lumotli qilish va tarbiyalash jarayonlari.
  • Demak maktabda kimyo o’qitish metodikasi kimyo fanini o’qitish jarayonida o’quvchilarning ta’lim tarbiyasi va ularning rivojlanishi haqidagi pedagogik fandir.
  • Тa’lim berish
  • Rivojlantirish
  • Tarbiyalash
  • Asosiy masalalar

Download 10.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling