O'zbekiston Fuqarolik Jamiyati Institutlari Va O'zini O'zi Boshqarish
Download 17.41 Kb.
|
1 2
Bog'liqseminar 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar sohasini monitoring qilish markazi byulletenlari va kunlik ma’lumotlari to‘plami; (8-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi PF-5420-sonli Farmonitahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.04.2018-y., 06/18/5420/1081-son) Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalari huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar markazining xorijiy matbuot sharhlari va tahliliy ma’lumotnomalari, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutining tahliliy materiallari. (8-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmonitahririda) 9. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolik jamiyatini o‘rganish institutini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi 2003-yil 27-iyundagi F–1796-son farmoyishi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2011-yil 12-iyuldagi PQ-1576-son qarori; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi 2016-yil 31-dekabrdagi PF-4910-son Farmoniga 1-ilovaning 24-bandi. 10. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 11. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T. Xudoybergenov zimmasiga yuklansin. “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq hamda mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, mahallalarda ma’naviy muhit barqarorligini, millatlararo do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, yoshlarni ona Vatanga va milliy istiqlol g‘oyasiga sadoqat ruhida tarbiyalash, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarning samaradorligini yanada oshirishga ko‘maklashish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari, ko‘p sonli mahalla faollarining Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashini 1-ilovagamuvofiq tarkibda tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin. 2. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin: fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularga qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlarining amalga oshirilishiga ko‘maklashish; fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini tahlil qilish, ularning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan aniq asoslangan takliflar hamda ta’sirchan mexanizmlar ishlab chiqish, fuqarolar yig‘inlarining ilg‘or tajribalarini ommalashtirish, ular tomonidan ishlab chiqilgan istiqbolli g‘oyalar va loyihalarni amalga oshirishda ko‘maklashish; fuqarolar ijtimoiy faolligini oshirishda mahalla institutining ahamiyati va rolini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash; fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish, ularda zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalarini shakllantirishga ko‘maklashish. 3. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi bir oy muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tumanlar va shaharlar Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy kengashlari to‘g‘risidagi namunaviy nizomlarni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A. I. Ikramov zimmasiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV Download 17.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling