O'zbekiston Fuqarolik Jamiyati Institutlari Va O'zini O'zi Boshqarish
Download 17.41 Kb.
|
1 2
Bog'liqseminar 4
O'zbekiston Fuqarolik Jamiyati Institutlari Va O'zini O'zi Boshqarish Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining faoliyatini takomillashtirish va tuzilmasini optimallashtirish, jamoatchilik bilan to‘g‘ridan to‘g‘rimuloqot ko‘lamini yanada kengaytirish, fuqarolik jamiyati institutlarining faolligini oshirish, ularning mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlardagi roli va ahamiyatini kuchaytirish maqsadida: 1. Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti (bundan keyin — FJShMQMI) ta’sischilar Kengashining shtat birliklari umumiy soni 115 tadan iborat bo‘lgan FJShMQMI markaziy apparati hamda uning hududiy bo‘linmalari namunaviy tuzilmalari haqidagi takliflari 1 va 2-ilovalarga muvofiq ma’qullansin. 2. Quyidagilar FJShMQMI faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin: xalq bilan ochiq muloqot holatini va rivojlanishini chuqur o‘rganish, davlat organlari faoliyati ochiqligining, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ko‘rib chiqilishining tizimli monitoringini yo‘lga qo‘yish, ushbu sohadagi ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish; demokratik islohotlarni chuqurlashtirish jarayonlarini monitoring qilish, aholining ijtimoiy kayfiyatiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, ijtimoiy tadqiqotlarni tashkil etish va o‘tkazish; nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va boshqa masalalarni echishdagi, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdagi ishtiroki tahlilini amalga oshirish; fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari rivojlanishini monitoring qilish, ularning jamiyatdagi o‘rni va rolini kuchaytirishga, mahalla institutini aholini manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markaziga aylantirishga qaratilgan faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni kiritish; yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda davlat va jamoat tashkilotlari faoliyatini tanqidiy o‘rganish, yoshlarga ta’lim berish va ularni tarbiyalash, ularning bandligini ta’minlash, dam olishlarini tashkil etish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga oid amalga oshirilayotgan ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni monitoring qilish; raqobatdosh ko‘p partiyali tizimning rivojlanish darajasini o‘rganish, siyosiy partiyalar tomonidan o‘z elektorati manfaatlari yo‘lida amalga oshirilayotgan tadbirlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; rivojlangan demokratik mamlakatlarning davlatning jamoatchilik bilan ochiq muloqotini tashkil etish, fuqarolik jamiyati institutlari, siyosiy partiyalarni rivojlantirish, yoshlarga oid siyosatni amalga oshirish, aholi bilan muloqot qilish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish va fuqarolarning dolzarb muammolarini hal etish borasidagi tajribasini o‘rganish, uni O‘zbekiston Respublikasida tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish. 3. Belgilab qo‘yilsinki: davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari o‘z faoliyatini FJShMQMI bilan nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining mustaqilligi va ularning ishiga aralashmaslik tamoyillariga rioya qilgan holda yaqin hamkorlikda olib boradi; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlari FJShMQMIga unga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda zarur sharoitlarni, shu jumladan so‘ralgan ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim etish, FJShMQMI tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar yakuni bo‘yicha kiritilgan ma’lumotlar va tavsiyalarni ko‘rib chiqish yo‘li bilan yaratib beradi. 4. FJShMQMIni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘lari hisobidan ta’minlash tartibi saqlanib qolinsin. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi hamda FJShMQMIning ta’sischilari bo‘lgan tashkilotlarga har yili FJShMQMIning buyurtmasiga muvofiq uning asosiy vazifalarini bajarish bo‘yicha tadbirlarini moliyalashtirishga zarur mablag‘larni nazarda tutib borish tavsiya etilsin. 5. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va FJShMQMIning 2017-yil 1-iyuldan boshlab markaziy va mahalliy telekanallarda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mansabdor shaxslari, jamoatchilik va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirokida quyidagi mavzularga bag‘ishlangan teleko‘rsatuvlarni o‘zaro hamkorlikda tashkil etish haqidagi taklifiga rozilik berilsin: ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, davlat organlarining aholi va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorligi, o‘sib kelayotgan avlodni qonunlarga, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashning dolzarb masalalarini muhokama qilish; FJShMQMI tomonidan o‘tkazilgan davlat organlari faoliyatining monitoringi va tahlili natijalarini ko‘rib chiqish, aniqlangan huquqbuzarliklar, tizimli kamchiliklar va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha choralar to‘g‘risida aholini xabardor qilish. 6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari FJShMQMI va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan egallab turgan binolaridan bepul foydalanish huquqini saqlab qolsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bir oy muddatda FJShMQMIning jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishlar monitoringini va tahlilini amalga oshirishi uchun “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi” axborot tizimi va Qo‘ng‘iroqlarni qayta ishlash markazining (telefonlar 10-00, (0800) 210-00-00) faoliyatiga oid statistik va boshqa ma’lumotlardan erkin foydalanishini ta’minlasin. 8. FJShMQMI quyidagi majburiy jo‘natmalar reyestriga kiritilsin: qonunlar, Oliy Majlis palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari; O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, Moliya, Iqtisodiyot, Mehnat, Ichki ishlar vazirliklari, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Bosh prokuraturasi, Oliy va Oliy xo‘jalik sudlari, boshqa vazirliklar va idoralarning statistik ma’lumotlari; Download 17.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling