O’zbekiston hududida hunarmandchilikning tarixiy taraqqiyoti va istiqbollari
Download 66.18 Kb. Pdf ko'rish
|
o-zbekiston-hududida-hunarmandchilikning-tarixiy-taraqqiyoti-va-istiqbollari-surxondaryo-viloyati-misolida
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUHOKAMA VA NATIJALAR
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 181 w www.oriens.uz December 2022 mashaqqatlarni bartaraf qilishlari og’zaki ijodga ko’chib, afsonalardan ertaklarga o’tgan. Surxon vohasi qadimdan hunarmandchilik markazlaridan biri bo’lib ketgan. Hunarmand bobolarimiz yasagan buyumlar shu bois jahon bozorida raqobatga asrlar osha bardosh berib kelgan. Surxondaryo viloyati boy madaniy va moddiy anʼanalariga ega qadimiy tarixiy jugʻrofiy makon hisoblanadi, ayniqsa inson qo’li bilan yaratilgan milliy hunarmandchilik buyumlari oʻz ahamiyatini yoʻqotgan emas. 2017- yilning noyabrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “ Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qoʻllab- quvvatlash chora –tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi. Ushbu farmon ijrosi oʻlaroq Surxondaryo viloyatida hunarmanchilik hunarmandchilik madaniyati tarixi keng koʻlamda oʻrganilish va ilmiy izlanishlar olib borilmoqda bugungi kunda ham. MUHOKAMA VA NATIJALAR Hunarmandchilik insonning ishlab chiqarish faoliyati bilan vujudga kelib, jamiyat rivojlanishi davomida asta-sekin dehqonchilik va chorvachiliksan ajralib chiqdi, turli ijtimoiy tarixiy davrlar doirasida texnika rivoji bilan aloqador holda takomillasha bordi, taraqqiy etdi, yuksaldi, turli ixtisosliklar (kulollik, duradgorlik, temirchilik, misgarlik, binokorlik, toshtaroshlik, oʻymakorlik, kashtadoʻzlik, koʻnchilik, tikuvchilik, toʻquvchilik, zargarlik, degrezlik, rixtagarlik, zardoʻzlik, boʻyoqchilik, kemasozlik, tunukasozlik va boshqalar)ga ajraldi. Oʻzbekiston hududida neolit davridayoq hunarmandchilikning dastlabki muhim tarmogʻi hisoblangan sopol buyumlar ishlab chiqarish va toʻqimachilik vujudga keldi (Xorazm vohasidagi Kaltaminor madaniyati, Surxondaryodagi Sopollitepa va boshqalar). Dastlabki qo`lda ishlangan sopol buyumlari neolit davriga xos bo`lib, yurtimizda Kaltaminor madaniyati bu borada bizga nihoyatda ahamiyatli ma’lumotlarni taqdim qiladi. Sopollar qo`lda ishlangan bo`lib olovda kuydirib pishirilgan. Sopol buyumlariga turli xil botiq shakldagi naqshlar solingan, arxeologlar e’tiborini tortgan yana bir jihat sopollardagi mato izlaridir, bu sopolning yasalish texnikasi bilan bog`liq bo`lib, quritilgandan so`ng yonib ketgan matodan “yodgorlik” hisoblanadi. Miloddan avvalgi II asrdan boshlab hunarmandchilik mahsulotlari savdosida Buyuk ipak yoʻli muhim ahamiyatga ega boʻldi. Ushbu davrda Surxon vohasida mavjud boʻlgan qadimiy davlatlar( Yunon- Baqtriya, Kushon podsholigi )da hunarmandchilikning kandakorlik yuqori darajada rivojlandi. Dalvarzintepadan fil |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling