O’zbekiston hududida yashagan qadimgi urug’ va qabilalar. O'zbek xalqining etnik shakllanishidagi uch muhim bosqich. Shakllanishdan keyingi jarayonlar


Download 0.55 Mb.
bet1/5
Sana04.05.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1425352
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Yangi o’zbek tanqidchiligini shakllanishi 1

  • REJA:
  • O’zbekiston hududida yashagan qadimgi urug’ va qabilalar.
  • O'zbek xalqining etnik shakllanishidagi uch muhim bosqich.
  • Shakllanishdan keyingi jarayonlar .
  • www.arxiv.uz
  • O'zbek ajdodlari elat bo'lib O'rta Osiyoning markaziy viloyatlari Mova­roun­nahrda (Farg'ona vodiysi bilan), Xorazmda, Toshkent vohasida, Yettisuvda, Sharqiy Turkistonning g'arbiy mintaqalarida shakllangan. Bu mintaqalar insoniyatning qadimgi madaniyat markazlaridan hisoblangan.
  • Jez davrida O'rta Osiyo va Qozog'istonda bir-biridan farq qiluvchi ikki tarixiy-madaniy region mavjud bo'lgan: sug'orish usuli bilan dehqonchilik qiladigan Old Osiyoda keng tarqalgan o'troq aholi madaniyati va cho'l joylarida yashovchi qabilalarga taalluqli madaniyat.
  • Arxeologlar tomonidan aniqlangan O'rta Osiyoning Markaziy viloyat­lari­da­gi arxeologik madaniyat, jez davridagi kelgindi yog'och dahmali va Androno­vo­lik qabilalarning hamda qisman Old Osiyodan kelib, tub yerli aholi bilan yaqin­­lashib, qo'shilib ketishi natijasida vujudga kelgan. Antropologik manba­larga ko'ra, O'rta Osiyoda neolit davrida qadimgi yevropoid irqining ikki ilk turi mavjud bo'lgan.
  • www.arxiv.uz
  • O'zbekistonning ilk temir davridagi etnik tarixida ilk davlatlar aholisi so'g'dilar, xorazmliklar, baqtriyaliklar, marg'iyonaliklar va ko'chmanchi sak-massa­get qabilalari muhim o'rin tutgan. Aholining o'troq va ko'chmanchi qismi ham Eron tilli qardosh xalqlar bo'lgan, ammo madaniyat jihatdan ular bir-birlari­dan batamom farq qilgan. O'sha davrda yaratilgan «Avesto»da tilga olingan «tur» atamasi esa saklarga yohud O'rta Osiyodagi yashovchi Eron tilida gapiruvchi xalqlar hisoblanadi. Milloddan avvalgi 312-250 yillardagi Salavkiylar imperiyasi, Yunon-Baqtriya davlati (milloddan avvalgi 250-140 yillar) yerli aholining etnik tarkibiga katta o'zgarish kirita olmagan.
  • Mil.avv. III asr boshida vujudga kelgan Qang' davlati (bu davlatga xunnlar va usunlar kelib o'rnashgan), Farg'ona davlati (mil. avv I asrdan turklashish jarayoni boshlangan) va milodiy I asrda vujudga kelgan Kushon davlati (yuechjilar-toxarlar) o'zbek etnik tarixida asosiy bosqichlardandir.
  • www.arxiv.uz
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling