- REJA:
- O’zbekiston hududida yashagan qadimgi urug’ va qabilalar.
- O'zbek xalqining etnik shakllanishidagi uch muhim bosqich.
- Shakllanishdan keyingi jarayonlar .
- O'zbek ajdodlari elat bo'lib O'rta Osiyoning markaziy viloyatlari Movarounnahrda (Farg'ona vodiysi bilan), Xorazmda, Toshkent vohasida, Yettisuvda, Sharqiy Turkistonning g'arbiy mintaqalarida shakllangan. Bu mintaqalar insoniyatning qadimgi madaniyat markazlaridan hisoblangan.
- Jez davrida O'rta Osiyo va Qozog'istonda bir-biridan farq qiluvchi ikki tarixiy-madaniy region mavjud bo'lgan: sug'orish usuli bilan dehqonchilik qiladigan Old Osiyoda keng tarqalgan o'troq aholi madaniyati va cho'l joylarida yashovchi qabilalarga taalluqli madaniyat.
- Arxeologlar tomonidan aniqlangan O'rta Osiyoning Markaziy viloyatlaridagi arxeologik madaniyat, jez davridagi kelgindi yog'och dahmali va Andronovolik qabilalarning hamda qisman Old Osiyodan kelib, tub yerli aholi bilan yaqinlashib, qo'shilib ketishi natijasida vujudga kelgan. Antropologik manbalarga ko'ra, O'rta Osiyoda neolit davrida qadimgi yevropoid irqining ikki ilk turi mavjud bo'lgan.
- O'zbekistonning ilk temir davridagi etnik tarixida ilk davlatlar aholisi so'g'dilar, xorazmliklar, baqtriyaliklar, marg'iyonaliklar va ko'chmanchi sak-massaget qabilalari muhim o'rin tutgan. Aholining o'troq va ko'chmanchi qismi ham Eron tilli qardosh xalqlar bo'lgan, ammo madaniyat jihatdan ular bir-birlaridan batamom farq qilgan. O'sha davrda yaratilgan «Avesto»da tilga olingan «tur» atamasi esa saklarga yohud O'rta Osiyodagi yashovchi Eron tilida gapiruvchi xalqlar hisoblanadi. Milloddan avvalgi 312-250 yillardagi Salavkiylar imperiyasi, Yunon-Baqtriya davlati (milloddan avvalgi 250-140 yillar) yerli aholining etnik tarkibiga katta o'zgarish kirita olmagan.
- Mil.avv. III asr boshida vujudga kelgan Qang' davlati (bu davlatga xunnlar va usunlar kelib o'rnashgan), Farg'ona davlati (mil. avv I asrdan turklashish jarayoni boshlangan) va milodiy I asrda vujudga kelgan Kushon davlati (yuechjilar-toxarlar) o'zbek etnik tarixida asosiy bosqichlardandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |