I.Ustyurt ekoturistik rayoni. Ustyurt - O‘zbekistonning shimoliy-g‘arbi – Qoraqalpog‘istonda joylashgan plato (yer yuzasi kam parchalangan yassi tekislik). Uning maydoni juda katta (200 ming km2 ), yo‘llari asfalsiz, o‘nqir-cho‘nqir yo‘llardan iborat bo‘lgani uchun ham ekoturistik marshurutlar “djip ” rusumdagi mashinalar, samolyot yoki vertolyotlarda olib borilgani maqul. Ustyurtning sayyohlarni o‘ziga jalb qiladigan ekoturistik obektlariga :
“chink”- dunyoda eng katta va yagona 60-150 metrlik tik qoyali jarlar bilan o‘ralgan plato, doimiy oqar suvlarga ega bo‘lmagan, lekin yer osti suvlariga ega supasimon tekisligi;
davolash xususiyatiga ega bo‘lgan juda katta (1000 km2) tuzli Borsakelmas sho‘rxoki. Unda o‘simlik dunyosi deyarli yo‘q. Osh tuzi va balchiqli tuzning qatlami 16-27,5 m gacha boradi. Yangi ochilgan Qo‘ng‘irot soda zavodi aynan Borsakelmas tuzlari hisobiga qurilgan ;
neolit davridan qolgan “ustyurt makoni”. Unda 60 yaqin qadimiy odamlar yashagan tabiiy obektlar aniqlangan. Ularning ichida ham tarixiy ham ekoturistik ahamiyatga moyili “Tempa” makoni bo‘lib, undan arxeolog S.P. Tolstov boshchiligidagi Xorazm ekspedisiyasi 1300 dan ortiq chaqmoqtosh qurollari topilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |