O'zbekiston hududini ekoturizm jihatdan rayonlashtirish


Download 42.52 Kb.
bet11/24
Sana05.01.2022
Hajmi42.52 Kb.
#231230
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
Bog'liq
o'zbekiston hududini ekoturizm jihatdan rayonlashtirish

Janubiy turistik rayon ma’muriy jihatdan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridan iborat bo‘lib, tarixiy va tabiiy turistik resurslarga ega. Qashqadaryo viloyati o‘zining qadimiy shaharlariga ega. Qadimda yirik savdo va hunarmandchilik markazi hisoblangan Shahrisabz shahri Amir Temur qurdirgan Oqsaroy ansambli ko‘plab diniy ziyoratgohlarga boydir.Viloyat markazi hisoblanagan Qarshi bir necha arxitektura yodgorliklarga ega. Bular: Ko‘kgumbaz masjidi (1463y), Jome’ masjidi, Minorali Qo‘rg‘oncha, Xo‘ja Abdulaziz madrasasi, Qilichboy madrasasi, Zaxox – Moron shaharchasi harobalari va Qashqadaryo daryosi ustidan o‘tgan qadimiy ko‘prik kabilar. Mazkur shaharning 2006 yilda 2700 yillik yubileyi munosabati bilan yuqoridagi arxitektura obidalarning jozibadorligi yanada oshdi.

Turistik rayonning yana bir qadimiy shaharlaridan biri Termizdir. Termiz shahri eramizdan oldingi II-I asrlarda Hindistonni Markaziy Osiyo orqali Yevropa bilan bog‘lovchi korvon yo‘llarining chorrahasida paydo bo‘lgan. Termiz yonida eramizdan oldingi III-II asrlarda Yunon – Baqtriya davlatiga tegishli turar joylar topilgan. Qoratepada Budda madaniyatiga tegishli turli yodgorliklar, Fayoztepada Budda ibodatxonasi harobalari mavjudligi, bu joylarga sharqiy Osiyolik turistlarni jalb qilmoqda.

Turistik rayon tabiiy – iqlimiy turistik resurslarga ham boy hisoblanadi. Mintaqaning tabiiy go‘zal va o‘ziga xos tabiati, relefi turizmni turli yo‘nalishlari rivojlantirish imkoni beradi. Ayniqsa, Hisor tog‘ining go‘zal manzarasi va undagi ko‘plab shifobaxsh buloq va chashmalar aholini dam olish va salomatligini tiklashda ahamiyati katta. Yana rayondagi alohida muhofaza qilinadigan hududlar hisoblangan Kitob geologik qo‘riqxognasi, Hisor, Surxondaryo, Payg‘ambarorol davlat qo‘riqxonalarida ekologik turizmni rivojlantirish imkoniyatlari mavjud. Shuningdek, bu mintaqada yashayotganxalqning o‘zoq o‘tmish an’analari, san’ati, madaniyati va urf – odatlari mahalliy hamda xorij turistlarini qiziqtirishi shubhasizdir.


Download 42.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling