O'zbekiston hududini ekoturizm jihatdan rayonlashtirish


Download 42.52 Kb.
bet7/24
Sana05.01.2022
Hajmi42.52 Kb.
#231230
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Bog'liq
o'zbekiston hududini ekoturizm jihatdan rayonlashtirish

Farg’ona turistik rayoni respublikamizning uch viloyatidan iborat (Farg’ona, Andijon, Namangan), eng so’lim, tabiati go’zal maskandir. Rayon o’zoq tarixga ega hunarmandchilikning yirik markazi sifatida hozir ham ahamiyatini yuqotmagan. Qadimiy shaharlardan hisoblangan Qo’qon shahrida bir qancha arxitektura yodgorliklari mavjud. Masalan, Qo’qonning oxirgi xoni Xudoyorxon saroyi, Modarixon maqbarasi shular jumlasidandir. 2700 yil yoshga kirgan Marg’ilon (2007y) X asrda o’zining ipak matolari bilan mashhur bo’lgan. Marg’ilonning monumental yodgorliklaridan bezatilgan, masjid, minora, maqbara va kaptarxonadan iborat bo’lgan Kaptarlik kompozasiyasi (XVIII) hamda Shouda masjidini ke6ltirish mumkin. Yuqorida ta’kidlaganimizdek turistik rayonda milliy hunarmandchilik taraqqiy etgan. Shu o’rinda Marg’ilon ipaklari, shoyilari va do’ppilari, Chust pichoqchiligi, charmdo’zligi, Rishton kulolchilik mahsilotlari hamda Andijon, Asaka, Pop, Qo’qon, Shahrixon kabi shaharlari ham ma’lum hunarmandchilik turlari bilan turistlarini jlb qilish imkoniyatiga ega. Yozyovon cho’llari noyob cho’l landshafti bo’lsa, Axsi, Eski Pop, Tuproqqal’a ekoturistik obidalar va rayon etnografiyasi, san’ati, madaniyati, urf-odatlari (tuylari, milliy uyinlar) hamda choyxonalari turistik qiziqishni orttiruvchi resurslardir.

Turistik rayon tabiiy – rekreasiya resurslariga ham boydir. Hozirgi kunda mazkur turistik rayonda 55 ga yaqin noyob tabiiy turistik obektlar hisobga olingan. Dam olish va davolanish maskanlariga Chortoq, Chimyon, Shohimardon, Vodil kabilarni misol keltirish mumkin. Undan tashqari Namangan viloyatidagi Chortoq, Gulshan dam olish va davolvnish sihatgohlari, Baliqko’l, Nanay, G’ova, Mavlono Lutfullo, Parda Tursun kabi dam olish maskanlari va ziyoratgohlari, Andijon viloyatidagi Shirmonbuloq, Xonobod, Dilkushod dam olish maskanlari, Qutayba Ibn Muslim, Imom ota, Qambar ota va boshqa diniy ziyoratgohlar rayonni turistik resurslar salohiyatini belgilaydi. Vodiyda 50 dan ortiq mineral suv manbalari mavjud. Misol uchun turli kasalliklar davolanayotgan Chortoq mineral suvi 1946 yilda ochilgan.

Hozirgi kunda rayonda mahalliy turizm ancha rivojlangan bo’lib, ammo chet el turistlarini jalb qilish nisbatan past darajada. Chunki, birinchidan, rayon turistik nuqtai nazardan yaxshi o’rganilmagan, ikkinchidan, turistik infratuzilma yuqori darajada takomillashmagan. Agarda yuqoridagi muammolar o’z yechimini topsa, mintaqa mamlakatimizning turistlarni qabul qiluvchi asosiy markazlariga aylanadi.


Download 42.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling