O'zbekiston hududini ekoturizm jihatdan rayonlashtirish


O‘zbekistonning turistik rayonlari tavsifi


Download 42.52 Kb.
bet6/24
Sana05.01.2022
Hajmi42.52 Kb.
#231230
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
o'zbekiston hududini ekoturizm jihatdan rayonlashtirish

O‘zbekistonning turistik rayonlari tavsifi

Toshkent turistik rayoni Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan iborat mintaqa hisoblanadi. Toshkent shahri – Markaziy Osiyoning eng yirik shahri – O‘zbekistonning Respublikasi poytaxtidir. Toshkent qadimiy shaharlardan hisoblanib, u haqidagi dastlabki ma’lumotlar eramizdan oldingi II asrdagi Xitoy solnomalarida uchraydi. Hozirgi kunda Toshkent yirik transport tuguni sifatida (havo, temir yo’l, avtomobil) o’zida mamlakatimizning tarixiy o’tmishini eslatib turuvchi taraqqiy topgan zamanoviy sanoat shahridir. Shuningdek, Toshkent turistik rayoni turistik resurslarga boy hisoblanib, mahalliy va halqaro ahamiyatdagi sayyohlikni rivojlantirish imkoniyatlariga ega. Mazkur rayonda madaniy – tarixiy, tabiiy rekreasiya resurslari mavjud. Bu yerda Oqtosh, Xumson, G‘azalkent, Tovoqsoy, Boldirsoy, Chorbog‘, Chimyon, Kumushkon, So‘qoq, Ohangaron, Yangiobod, Ertosh, Ko‘ksaroy, Qizilchi kabi dam olish va davolanish resurslariga ega. Rayonning turli tekislik va tog‘li qismida ekskursiya obektlari va shifobaxsh maskanlari ko‘p. Bu rayonda Botanika, Turon, Chinobod, Toshkent mineral suvi, 8 mart, Qibray, Bo‘ston, Zangchi ota kabi bir qancha sanatoriya va kurort zonalari joylashgan. Yuqoridagi tabiiy rekreasiya resurslaridan kelib chiqib ekologik turizmni tashkil etish imkoniyatlari bisyor. Ayni kunda Chotqol davlat qo’riqxonasiga turli marshrutlarni yaratish katta samara beradi. O’z navbatida Toshkent turistik rayoni madaniy-tarixiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy obektlarga boy hisoblanadi. Toshkent shahrida ko’plab muzeylar mavjud. Masalan, Tasviriy san’at muzeyi haykallar, rasmlar va turli hunarmandchilik mahsilotlarining yirik to’plamiga ega. O’zbekiston Amaliy San’at muzeyi 30 mingdan ortiq hunarmandchilik mahsulotlari va qimmatbaho taqinchoqlariga ega. Undan tashqari XVI asrning ajoyib yodgorligi Baroqxon madrasasi, XIV asrga oid Ko’kaldosh madrasasi kabi qadimiy arxitektura yodgorliklari va zamonaviy Amir Temur xiyoboni, Mustaqillik maydoni kabi turli bog’ va maydonlar ham turistlarni jalb qiluvchi obektlardir.

Mazkur turistik rayonda turizm infratuzilmasi boshqa rayonlarga nisbatan ancha rivojlangan. Xususan, Toshkent shahri va Toshkent viloyati tog’oldi mintaqalaridagi turistik obektlarda mehmonxona va dam olish maskanlarida turistlarga xizmat ko’rsatish darajasi yildan – yilga yaxshilanmoqda. Bu albatta yuqori darajada urbanizasiyalashgan hudud uchun ayniqsa muhimdir.

Toshkent shahrini 2007 yil «Islom madaniyati poytaxti» deb e’lon qilinishi natijasida poytaxtimizning dovrug’i yanada oshdi vash u bilan birga hukumatimiz tashabbusi bilan ko’pgina qadimiy yodgorliklar qayta ta’mirlanib o’z jozibadorligini yanada oshirdi. Bu shundan dalolat beradiki, mazkur turistik rayonda turizmni rivojlanishi istiqbollari yana ham kengayib boradi.


Download 42.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling