O'zbekiston hududini ekoturizm jihatdan rayonlashtirish


Qo‘yi Amudaryo turistik rayoni


Download 42.52 Kb.
bet12/24
Sana05.01.2022
Hajmi42.52 Kb.
#231230
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
Bog'liq
o'zbekiston hududini ekoturizm jihatdan rayonlashtirish

Qo‘yi Amudaryo turistik rayoniO‘zbekiston Respublikasining eng g‘arbiy qismida, ma’muriy jihatdan Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan iborat. U o‘zining madaniy – tarixiy obidalari, arxeologik yodgorliklari, hunarmandchiligi va san’atining o‘ziga xosligi, hamda tabiiy – rekreasiya resurslari bilan boshqa hududlardan ajralib turadi. Albatta bu turistik rayonning o‘zagini Xorazm vohasi tashkil etadi. Bu voha o‘zining qadimiy madaniyati, ilmu – fan va san’ati bilan mashhurdir. Bu o‘rinda Xiva shahri o‘zining qadimiy arxitektura yodgorliklari bilan yurtimizda alohida ajralib turadi. Xivada Ichan qal’a 2.5 km uzunlikdagi devorga, Ota darvoza, Shimoliy, Sharqiy, Janubiy, Buxoro va Toshdarvozalarga ega bo‘lib, chet el turistlarini o‘ziga jalb qiladi. Shaharda Pahlovon Mahmud maqbarasi (1835 y), Muhammad Aminxon madrasasi (1850-1855y), Ko‘na Ark, Tosh hovli, Olloqulixon karvonsaroyi (1855 y) va boshqalar muhim turistik obektlardir.

Shu kabi Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham bir qancha turistik resurslarga ega. Xususan qadimiy shahar va qal’a harobalarini sayyohlik yo‘nalishlariga kiritish mumkin. Orol dengizi va uning fojiasi bilan qiziquvchilar uchun ekoturistik marshrutlarni yaratish hisobiga, bu mintaqada turizmni rivojlantirish imkoniyatlarini yaratish mumkin. Boshqa rayonlardagi kabi bu turistik rayonda ham yuqorida qayd qilinagan resurslardan turizm maqsadida foydalanilmayapti. Shu o‘rinda bu mintaqani turistik jihatdan ilmiy o‘rganish, xizmat ko‘rsatish sohalarini takomillashtirish asosiy vazifa hisoblanadi. Yana shuni ta’kidlash lozimki, mintaqa turizm sohasini malakali kadrlar bilan ta’minlash ham muammoni yechimlaridan biridir.



Jadval 10.


Download 42.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling