O’zbekiston iqtisodiy o’sishida milliy boylikning ahamiyati
Xufyona iqtisodiyotga metodologik
Download 161.59 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1.1-rasm. Xufyona iqtisodiyotga metodologik yondoshuvlar 9
Xufyona iqtisodiyotga metodologik
yondashuvlar – kibernetik yondashuvda xufyona iqtisodiyot o‘zini o‘zi tartibga soluvchi va boshqaruvchi tizim sifatida qaraladi, xufyona iqtisodiyot rivojlanishini prognozlashtirishning iqtisodiy-matematik modellari ishlab chiqiladi (1.1.1-rasm). huquqiy iqtisodiy krimonologik hisob-statistik kibernetik kompleks 1.1.1-rasm. Xufyona iqtisodiyotga metodologik yondoshuvlar9 Xufyona iqtisodiyot sohasidagi faoliyat miqyosi va xarakterining o‘zgaruvchanlik chegaralari juda kengdir – jinoiy faoliyatdan (masalan, narkobiznesdan) olinadigan katta daromadlardan tortib, to tuzatilgan jo‘mrak uchun vodoprovodchi ustani bir shisha aroq bilan “mukofotlash”gacha jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Xufyona iqtisodiy faoliyat o‘zining natijaviyligi ko‘ra ishlab chiqarish va qayta taqsimlash faoliyatlari turlariga bo‘linadi. Rasmiy iqtisodiyotga munosabati bo‘yicha xufyona iqtisodiyotning ichki iqtisodiyot va parallel iqtisodiyot kabi turlari mavjud. Xufyona iqtisodiyotning takror ishlab chiqarish bosqichlari bo‘yicha quyidagi turlari aniqlanadi: – xufyona ishlab chiqarish; – xufyona taqsimot; – xufyona ayirboshlash; – xufyona iste’mol. Xufyona ishlab chiqarish noqonuniy, hisobga olinmagan, yashirin, mayda ishlab chiqarish, sifatsiz mahsulotlar chiqarish, ishlab chiqarish resurslaridan noratsional foydalanishda namoyon bo‘ladi. Xufyona taqsimlash daromadlarni noqonuniy taqsimlash, maxsus taqsimot, davlat mulkini o‘g‘irlash, o‘zlashtirish, fuqarolar xususiy mulkiga tajovuz qilish va unga nisbatan jinoyatlarda ifodalanadi. Xufyona ayirboshlash noqonuniy savdo, xaridorlarni aldash, noqonuniy tarzda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish shakllarida yuz beradi. Xufyona iste’mol noqonuniy yo‘l bilan topilgan ne’matlarni iste’mol qilish, xizmatlardan noqonuniy foydalanish, jamiyatda qabul qilinmagan, kishilarning destruktiv ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallangan mahsulotlarni iste’mol qilish hamda ana shunday xarakterdagi xizmatlardan foydalanish (Qarang: 1.1.1-jadval).
Download 161.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling