O'zbekiston islom obidalari Buxoro. Ismoil Somoniy maqbarasi


Samarqand. Ruhobod (Shayx Burxoniddin Sog'arjiy) maqbarasi


Download 30.67 Kb.
bet17/41
Sana05.01.2022
Hajmi30.67 Kb.
#234245
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   41
Bog'liq
Me'moriy obidalar

Samarqand. Ruhobod (Shayx Burxoniddin Sog'arjiy) maqbarasi
XIV asrga oid me'moriy yodgorlik. Amir Temur maqbarasining shimolida joylashgan, chorqirra shaklidagi gumbazli bino. Shayx Burxoniddin Sog'arjiyni Amir Temur o'ziga ma'naviy pir, deb qabul qilgan. Shayx Burxoniddin Sog'arjiy X asrda Somoniylar davrida yashab, avliyolikda Qutb pog'onasiga ko'tarilgan zotdir. Uning nasl-nasabi Umar ibn Xattobga borib taqaladi.

Buxoro viloyati. G'ijduvon. Abduxoliq G'ijduvoniy maqbarasi
XV asr. 1103 yilda G'ijduvon shahrida tavallud topgan buyuk tasavvuf va so'fiylik tariqati shayxi Abduxoliq G'ijduvoniy hazratlari sharafiga bag'ishlab 1433 yilda Mirzo Ulug'bek tomonidan Hazrat qabrlarining qibla tomonida muhtasham madrasa qurdirilgan. Madrasaning tashqari qismida, hazrat maqbarasi yonida quduq, chillaxona va minora ham bunyod etilgan. Hazrat xalq orasida "Xojai jahon" nomi bilan mashhur, tasavvufga oid bir qancha asarlar muallifidir. O'zbekiston Prezidentining tashabbuslari bilan 1993 yili Abduxoliq G'ijduvoniy tavalludining 890 yilligi keng nishonlandi.


Download 30.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling