O’zbekiston jamiyati sotsial strukturasida yoshlarning roli. Reja: O’zbekistonda yoshlarning o’rni va ahamiyati


Download 0.65 Mb.
Sana01.05.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1419736
Bog'liq
Mustaqil ish Kalanova - копия

O’zbekiston Milliy Universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy ish(oila va bola bilan ishlash) 2-kurs talabasi Shokirjon Nabiyevning Ijtimoiy ish nazariyasi fanidan tayyorlagan Mustaqil ishi.

O’zbekiston jamiyati sotsial strukturasida yoshlarning roli.

Reja:

1.O’zbekistonda yoshlarning o’rni va ahamiyati.

2.Yoshlarga qaratilayotkan e’tibor va imtiyozlar.

3.Yoshlarga oid davlat siyosatining mohiyati.

O’zbekistonda yoshlarning o’rni

  • Har qanday davlatning tarixiy taraqqiyot yo’lidan ma’limki,yurtning jadal rivojlanishi,muayyan yutuqlarga erishishi,xalqning farovon bo’lishi o’sha davlatda yoshlar ta’lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan e’tibor darajasiga bog’liq.Shu ma’noda,O’zbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo’nalishlaridan biri hisoblanadi.
  • Mamlakatda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish,ularga zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratib berish borasida mustahkam huquqiy baza yaratilgan va bu tizim zamon talablariga hamohang ravishda takomillashtirilib borilmoqda.
  • Bugungacha parlament tomonidan yoshlarga oid 40 ziyod qonun hujjatlari qabul qilingan bo’lib,30 dan ortiq xalqaro huquqiy hujjatlar ratifikatsiya qilingan.

O’zbekistonda yoshlarning ahamiyati

  • Hozirgi kunda jamiyatimizda yoshlar salmog’I judayam katta bo’lib,mamlakatimiz aholisining qariyb 64% ya’ni 17 mlnni 30 yoshgacha bo’lgan yoshlar tashkil etmoqda bu esa mamlakatimizdagi mehnatga yaroqli bo’lgan aholini yanada ko’payganligini anglatadi.

Yoshlarga bo’lgan e’tibor

  • Sayyoramizning ertangi kuni,farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo’lib kamolga yetishi bilan bog’liq.Bizning asosiy vazifamiz-yoshlarning o’z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat.”SH.M.Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessyasida so’zlagan nutqidan

Yoshlarga berilayotkan imtiyozlar

  • Bugungi kunda jamiyatimizdagi yoshlar sonining ko’pligi va ularni qo’llab-quvvatlash maqsadida qator imtiyozlar yaratilmoqda:tadbirkorlik sohasida qator soliqlardan ozod qilish,foizsiz kreditlar hamda subsidiyalar ajratish,oliy ta’lim sohasiga kirishlari uchun grant dasturlari,yosh oilalar uchun ipoteka kreditlari ajratilayotkani deyarli barcha sohalarda imtiyozlar yaratilayotkanini ko’rishimiz mumkin.

Yoshlarni birlashtirish va ularning muammolarini o’rganish

  • Yoshlar ishlari agentligi,Yoshlar ittifoqi,Yoshlar Parlamenti singari qator tashkilotlarning tashkil topishidan maqsad bu yoshlarni qo’llab-quvvatlash,ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish,siyosiy faolligini oshirish,va ularning ilmiy,ijodiy ishlarini moliyalashtirishdan va yaqindan yordm berishdan iborat

Yoshlarga oid davlat siyosatining ahamiyati

  • “Yoshlarga oid davlat siyosati”to’g’risidagi qonun 2016-yil 12-avgustda qabul qilingan,24-avgustda esa Senat tomonidan maqullangan. Ushbu qonunning maqsadi:yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Yoshlarga oid davlat siyosati

  • Yoshlarga oid davlat siyosati-davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning intellektual,ijodiy va boshqa yo’nalishlardagi salohiyatini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy,tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlarni amalga oshirish tizimi.(“Yoshlarga oid davlat siyosati”to’g’risidagi qonunning 3-moddasi).

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

  • Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risidagi qonun.
  • www.lex.uz
  • www.mygov.uz
  • www.statistika.uz
  • www.ziyo.net

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling