O’zbekiston janubi surxondaryo viloyatining kaptarsimon qushlar turkumini gelmintofaunasi akmuradova Leyla Guvanchovna Annotatsiya


Download 28.59 Kb.
bet1/3
Sana08.05.2023
Hajmi28.59 Kb.
#1441897
  1   2   3
Bog'liq
Maqola.Akmuradova L


O’ZBEKISTON JANUBI SURXONDARYO VILOYATINING KAPTARSIMON QUSHLAR TURKUMINI GELMINTOFAUNASI
Akmuradova Leyla Guvanchovna
Annotatsiya. Maqolada 2020-2022 yillar mobaynida Surxondayo viloyatining Termiz shahar va tumanlari kesimida kaptarsimonlar turkumi qushlaridan; kichik musicha (Streptopelia senegalensis), yovvoyi koʻk kaptar (Columba livia), uy kaptari (Columba livia domestica), qoʻngʻir kaptar (Columba eversmanni) turlarini gelmintofaunasi o’rganilganligi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida ushbu turdagi qushlarda gelmintologik hamda gelmintoovoskopiya metodlarida namunalar tekshirilib ichak gelmintlari va ularning tuxumlari aniqlandi. Jami 93 ta namunadan 54 bosh qush gelmintologik yorish usulida, 39 ta fekal namunalari gelmintoovoskopiya usullarida tekshirildi. Natijada 54 bosh qushlardan 12 tasi sestodalar sinfiga mansub gelmintlar bilan zararlanganligi qayd etilib, aniqlangan turlarning (Raillietina echinobothrida, Raillietina weissi, Raillietina crassula, Cotugnia digonopora) ekstensiv invaziyasi 47,52% ni tashkil etdi. Tadqiqotlar mobaynida Termiz hayvonot bogʻining ushbu turkumga oid tutqindagi qushlardan yovvoyi va uy kaptarlaridan tekshirilgan 10 ta fekal namunalaridan 3 tasida nematodalar sinfiga mansub gelmint tuxumlari aniqlanib, (Syngamus trachea) zararlanishning ekstensiv invaziyasi 30 % ni tashkil etdi.


Kalit so’zlar: Gelmintofauna, parazit, yovvoyi kaptar, invaziya, Columba livia, Columba livia domestica, Cestoda, Nematoda, gelmintoz, Railletina, Cotugnia digonopora, ekstensiv invaziya, gelmintoovoskopiya.
Kirish: Dunyo faunasida kaptarsimonlar turkumining 310 turi boʻlib, shimoliy mintaqalardan tashqari har qanday geografik nuqtada uchraydigan va keng tarqalgan qushlar hisoblanadi. Ular tabiiy biotsenozda don yoki maishiy chiqindilarni iste’mol qilishi bilan parrandalar yetishtiriladigan qishloq aholi punktlarida gelmintozlarni tarqatilishining asosiy manbayi boʻlib, yovvoyi tabiat qushlari va uy parrandalari hamda qishloq xoʻjaligi parrandachiligiga katta iqtisodiy zarar yetkazadigan asosiy gelmint turlarini tashuvchilardir. Shuningdek gelmintlar populyatsiyasining tabiiy biotsenozda tarqalishida asosiy vositachi ham hisoblanadi. Bugungi kunda MDH mamlakatlari hududida kaptarsimonlar turkumning 16 turi, Oʻzbekistonda 12 turi uchraydi [74]. Ushbu turkum qushlari ozuqasi va yashash muhitining hayot tarzi oʻzaro bogʻliqlik xususiyatiga ega. Qushlarning parazit faunasi juda koʻp gelmintlarni oʻz ichiga oladi. Aynan olib borilgan tadqiqot natijasiga ko’ra kaptarsimonlar turkumiga oid yovvoyi tabiat qushlarida topilgan va qayd etilgan gelmintlar populyatsiyasining keng tarqalganligi buning yaqqol isbotidir.

Download 28.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling