O’zbekiston janubi surxondaryo viloyatining kaptarsimon qushlar turkumini gelmintofaunasi akmuradova Leyla Guvanchovna Annotatsiya


Download 28.59 Kb.
bet2/3
Sana08.05.2023
Hajmi28.59 Kb.
#1441897
1   2   3
Bog'liq
Maqola.Akmuradova L

Material va metodika: Gelmintologik materiallar yigʻish 2020-2022 yillar mobaynida Surxondayo viloyatining Termiz shahri, Angor, Sherobod, Jarqoʻrgʻon, Qumqoʻrgʻon, Uzun tumanlaridan material sifatida olingan kaptarsimon qushlarning keng tarqalgan turlari-yovvoyi koʻk kaptar (Columba livia), uy kaptari (Columba livia domestica), qoʻngʻir kaptar (Columba eversmanni), kichik musicha (Streptopelia senegalensis), halqali musicha (Streptopelia decaocto) turlaridan gelmint namunalari yigʻildi. Namunalarni yigʻishda qushlarni gelmintologik tadqiq qilish usullari hisoblangan К.И. Скрябинnning (1928) “To’liq va To’liq bo’lmagan gelmintologik yorish” usulidan foydalanildi. Tadqiqotlar Termiz davlat universitetining “Zoologiya” kafedrasi qoshidagi, “Surxondaryo viloyati hayvon kasalliklarini davolash va tashxis qoʻyish veterenariya markazi” hamda OʻzFA Zoologiya institutining parazitologiya va gelmintologiya laboratoriyalarida olib borildi. Tadqiqot natijasiga koʻra jami 54 bosh qush gelmintologik yorish, 39 ta fekal namunalari gelmintoovoskopiya usullarida tekshirildi. Gelmintologik yorib oʻrganilish natijasida 54 bosh qushlardan 12 tasi sestodalar sinfiga mansub gelmintlar bilan zararlanganligi qayd etilib, ekstensiv invaziyasi 47,52% ni tashkil etdi. Qushlarning tirikligida gelmintlar bilan zararlanish koʻrsatkichini aniqlashda gelmintokoprologik usulda, jami 39 ta fekal namunalaridan 29 tasida qushlarning yashash muhitida doimiy gelmintozlarga kompleks qarshi kurash choralari qoʻllanilib borilishi natijasida gelmin namunalari qayd etilmadi. Termiz hayvonot bogʻi qushlarida tekshirilgan 10 ta fekal namunalaridan 3 tasida nematodalar sinfiga mansub gelmint tuxumlari aniqlandi. Zararlanishning ekstensiv invaziyasi 30 % ni tashkil etadi. Olib borilgan tadqiqot natijalariga binoan kaptarsimonlar turkum qushlarida jami tekshirilgan 93 bosh qushlarning gelmintlar bilan zararlanishining ekstensiv invaziyasi 78,12% ini tashkil etdi.
Taxlil va xulosa: Olingan natijalar tahlili shuni koʻrsatadiki tekshirilgan 93 ta kaptarsimonlar turkum qushlarning 16 tasi gelmintlar bilan zararlangan (78,12 %), (1 jadval). Shundan gelmintologik tadqiqotlar natijasida gelmintlarning 5 turi aniqlandi;

Download 28.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling