Davlat hokimiyati va mamlakat ichki siyosiy hayotida amal qiladigan qonunlar:
Ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, tarbiyaviy masalalarni hal qilish.
Jamiyat faoliyatini rivojlantirish, siyosiy hokimiyat mexanizmidan samarali foydalanish.
Ijtimoiy hayotni demokratlashtirish.
Mamlakat taqdiriga dahldor masalalarni referendum orqali hal etish.
Iqtisodiy tanglikka olib kelishi mumkin bo’lgan holatlarni bartaraf qilishda siyosiy vositalardan foydalanish.
Xalqaro munosabatlarda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy-ma’rifiy aloqalar bilan bog’liq qonunlar:
Xalqaro xavfsizlik va o’zaro ishonchni rivojlantirish.
Davlatlar o’rtasida hamkorlikni tashkil etish va rivojlantirishda siyosat kuchini hisobga olish.
Xalqaro ziddiyatlarni bartaraf etishda siyosiy vositalardan foydalanish.
Umumbashariy muammolarni hal qilishda siyosiy yo’llarni ishlab chiqish.
E) Siyosiy hokimiyatlar, siyosiy partiyalar, tashkilotlar va harakatlar o’rtasidagi siyosiy hamkorlikni yo’lga qo’yish hamda rivojlantirish
3. Siyosatda ta'sir etuvchi vositalar
Siyosiy jarayon oqimidagi siyosiy munosabatlarga kirishayotgan tomonlarning har tomonlama tub manfaatdorligi
Jamiyat siyosiy tizimining uyg’un amal qilishi qonuni
Siyosiy munosabatlarda siyosiy madaniyatning zarurligi
Iqtisodiyot bilan siyosatning dialektik birligi va mutanosibligi
Siyosiy munosabatlarning ma’naviy-axloqiy asoslarda amal qilishi
Ichki siyosat bilan tashqi siyosatning dialektik birligi
Xalqaro munosabatlarda yangicha siyosiy tafakkurning amal qilishi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, siyosatshunoslik fani ijtimoiy-siyosiy fanlar tizimida muhim o‘rin tutadi, hamda siyosatni o‘rganishda o‘ziga xos xususiyati, maqsad va vazifalari borligi bilan farq qiladi. Siyosat ilm-fanni qiziqtirib kelgan an’anaviy soha hisoblanadi. Siyosatshunoslik tuzilishiga ko‘ra, siyosat sohasidagi bilimlar tizimi sifatida quyidagi fanlarni o‘z ichiga oladi:
siyosiy fikrlar tarixi (siyosiy ta’limotlar tarixi). U turli tarixiy davrlarda mavjud bo‘lgan siyosiy hayot va uning tarkibiy qismlari (birinchi navbatda davlat va huquq to‘g‘risida) to‘g‘risidagi tasavvurlar taraqqiyoti bosqichlarini o‘rganadi;
siyosiy falsafa. Siyosatshunoslikning tarkibiy qismi bo‘lib, ijtimoiy munosabatlar tizimida siyosatning o‘rni to‘g‘risidagi tasavvurlar va tadqiqotlar prinsiplarini (qoidalarini) belgilaydi, u siyosiy fan kategoriyalari, tushunchalarini shakllantiradi;
siyosiy sotsiologiya. Empirik (hissiy idrok etish, tajriba). Ma’lumotlarni to‘plash, umumlashtirish va tahlil etishga tayanadigan siyosiy bilimlarning ancha serqirra sohasi bo‘lib, aniq siyosiy hodisalar va jarayonlarni o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Hozirgi kunda real siyosatning oqilona, maqsadga muvofiq bazasi bo‘lib xizmat qiladi, siyosiy maqsadlarga erishish taktikasini tanlash va vazifalarni qo‘yishda siyosiy qarorlar qabul qilish va oldindan aytib berish uchun foydalaniladi;
siyosiy psixologiya. U siyosiy hatti-harakatni va uning sabablarini, ayniqsa ommaviy shakllarda o‘rganadi;
siyosiy antropologiya. Uning ob’ekti – u yoki bu shaklda siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi insondir. U ijtimoiy hayotning bu sohasiga kishilarning kirib kelish shart-sharoitlarini tadqiq etadi, uni shaxsan siyosiy munosabatlarni o‘rganishi qiziqtiradi, u insonning siyosatda “ishtirok etishi izlari”ni o‘rnatishga harakat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |