Siyosatshunoslik fanining asosiy kategoriyalari
Siyosat – davlat ishlarida ishtirok etish, davlatning yo’nalishini, faoliyat mazmunini, shakli va vazifalarini belgilashda ishtirok etish.
Siyosiy hokimiyat – muayyan xalq, sinf, guruh, shaxs o’zining siyosatda ifodalangan irodasini amalga oshirish imkoniyatidir.
Siyosiy tizim – davlat hokimiyati va davlat boshqaruvini shakllantirish hamda amalda ro’yobga chiqarish bilan bog’liq munosabatlar, harakatlar, tashkilotlar tizimidir.
Siyosiy hayot – siyosiy hokimiyatni joriy qilish bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy hayotning bir qismi, sohasi.
Siyosiy munosabatlar – hokimiyatni qo’lga olish va amalga oshirish sohasida turli siyosiy tashkilotlar, ijtimoiy guruhlar hamda shaxslar orasidagi aloqalar.
Siyosiy jarayon – jamiyatning siyosiy tizimini shakllantirish borasidagi ijtimoiy sub’ektlarning birgalikda amalga oshiradigan faoliyati.
Siyosiy institutlar – ijtimoiy sub’ektlar o’rtasidagi siyosiy munosabatlarni tartibga solib turuvchi, muayyan sub’ektlarning manfaatlarini ko’zlab ish ko’ruvchi davlat, huquqiy, siyosiy, ijtimoiy muassasa va tashkilotlardir.
Siyosatshunoslik fani siyosiy hodisa va jarayonlarni o’rganishda xilma-xil usullardan foydalanadi:
Umumiy usullar:
Sotsiologik yondashuv – siyosat – turli ijtimoiy guruhlarning o’z manfaatlaridan kelib chiquvchi raqobati.
Me’yoriy yondashuv – siyosatga axloqiy, insoniy me’zonlarni olib keladi.
Funksional yondashuv – siyosiy voqealarni o’rganishda ular o’rtasidagi bog’liqliklarni faqat dalillar va tajriba asosida tekshirishni afzal ko’radi.
( Makiavelli)
Tizimli yondashuv – XX asrning 50-60 yillarida AQSHlik olim T.Parson va D.Istonlar tomonidan ishlab chiqilgan – siyosatni yaxlit, murakkab, o’z-o’zini boshqaruvchi mexanizm sifatida baholaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |