O’zbekiston Jurnalistika va Ommaviy Kommunikatsiyalar Universiteti Raqamli Media va Internet Jurnalistika Kafedrasi


Download 113.5 Kb.
bet8/14
Sana04.11.2023
Hajmi113.5 Kb.
#1748558
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
O\'zbek internet segmentida ilmiy ommabop va ma\'rifiy kontent, tarqalish1

2-rasm Grafika: Muqaddamxon Saidrasulova / «Gazeta.uz».
Global tarmoqdagi ham O’zbekistonda ham jahonda bo’lgan eng marifiy kontent deb hisoblanadigan Wikipediani rivojlantirish uchun O’zbekistonda o’zbek tilidagi wikipedialarni chop etish to’g’risida qonun va choralar ko’rilmoqda. Milliy ensiklopediyadagi to‘liq ma’lumotlar biryo‘la Wikipedia’ga joylanmoqda. Global tarmoqda foydalnish uchun qulay bo’lgan ushbu ham ma’rifiy, ham ilmiy-ommobop mavzulardagi kontentda mavzular va fanlar bo‘lib qo‘yilgan:


  1. Fan va tabiatshunoslik

  2. Tarix va davr

  3. Madaniyat va san’at

  4. Falsafa va din

  5. Texnika va texnologiya

  6. Inson va jamiyat

  7. O‘yinlar va sport

  8. Geografiya.

Bu umumiy mavzularning bo‘limlari juda ko‘p. Ayni paytda Wikipedia’ning o‘zbekcha sahifalarini ko‘ngilli tarjimonlar ham to‘ldirishda ishtirok etishmoqda. Albatta, ko‘ngilli volontyorlar xizmatidan foydalanish, ularni ham qandaydir yo‘l bilan rag‘batlantirib borilmoqda
Olib borilgan axborot-tahliliy natijalar va statistik ma'lumotlarga ko'ra, Facebook hozirgi vaqtda dunyoda eng mashhur ijtimoiy tarmoq sifatida etakchi o'rinda bormoqda. Bugungi kunga kelib, Facebook tarmog'ida ro'yxatdan o'tganlar soni bir necha milliard kishidan ortganligi ma'lum qilingan. Undan keyingi o'rinlarni esa Twitter, Instagram, LinkedIn, Google+, Pinterest, Snapchat, YouTube, Reddit, WhatsApp, Flickr, Weibo egallab kelmoqda. Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, davlatimiz qo'lga kiritayotgan olamshumul yutuqlarni jahon media makonida keng targ'ib qilish hamda inson ma'naviyatini har tomonlama yuksaltirishga xizmat qiladigan juda ko'plab ma'lumotlar yoritib borilmoqda. Shu bilan birga, milliy mentalitetimizga raxna soluvchi turli ig'volar, g'iybatlar, milliy madaniyatlarning kushandasi bo'lgan – «ommaviy madaniyat» niqobidagi tahdid va boshqa illatlar xavf solishi hamon davom etmoqda.
Qayd etish joizki, «ommaviy madaniyat» namoyon bo'lish xususiyatlariga ko'ra, til, din, e'tiqod, irq, makon, xalq va millat tanlamaydi. U jamiyatning madaniy va estetik qadriyatlariga raxna solish orqali ijtimoiy munosabatlarda insonparvarlik tamoyillarini buzadi. Zero, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda, albatta, barchamiz media xavfsizlik haqida, G'arb davlatlari olib borayotgan mafkuraviy kurash turlari haqida ma'lumotga ega bo'lishimiz va buni yoshlarga o'rgatishimiz lozim.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali inson ongi va dunyoqarashini o'zgartirish maqsadida g'oyaviy, mafkuraviy ta'sir o'tkazish, dizinformatsion axborot tarqatish kabi holatlar, ayniqsa, hushyorlikni talab etmoqda. Axborot xurujida inson ongi, millat ruhiyati nishonga olinadi. Aslini olganda, axborot xurujlarini amalga oshirishda, avvalo, inson ongi va qalbini zabt etish orqali mafkuraviy ta'sir o'tkazish g'oyasi yotadi.
Mazkur holat davlatlarning barqarorligiga raxna solib, millatning tarixan shakllangan qadriyatlari, uning o'ziga xosligi, millat va xalq sifatida yashab qolishini xavf ostiga qo'yadi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali g'oyaviy-mafkuraviy tahdid sifatida namoyon bo'layotgan yovuz va buzg'unchi g'oyalar ta'sirini o'z vaqtida anglash, ulardan doimo ogoh bo'lish bugungi kunning dolzarb vazifasi ekanini har bir yurtdoshimiz, birinchi navbatda, yosh avlod vakillari chuqur anglab etishlari lozim bo'ladi.
2014 yili O‘zbekiston rasmiylari mamlakat aholisining soni 31 milliondan oshgani haqida e‘lon qildilar. Rasmiy ma‘lumotlarga ko‘ra, aholining 64 foizini yoshi 30 gacha bo‘lganlar tashkil qiladi. Anvar Nazirov fikricha, boshlang‘ich va o‘rta maktablardagi ta‘lim sifati pasaygani, ilmiy-madaniy vakuum paydo bo‘lgani, yoshlar bilan bog‘liq yuzaga kelgan muammolarga davlat e‘tiborsizligi kabi omillar tufayli ana shu ijtimoiy media tarmoqlari yoshlar uchun o‘zini, o‘zligini namoyish qilishning yagona makoniga aylangan. Applikatsiyalar bilan bog‘liq vaziyat O‘zbekiston Internet makonidagi vaziyatga o‘xshaydi. Bir necha davlat nazoratidagi axborot web-sayti, bir necha ma‘rifiy web-sayt bloglardan tashqari juda ko‘p saytlar qo‘shiqchilar, aktyor, aktrisalar, "xontaxta kinolar"ga bag‘ishlangan.
"Menimcha, "yuqoridan" aytilgan bo‘lsa kerak, "O‘zbekistonda siyosat bilan, ijtimoiy muammolar bilan bog‘liq bo‘lmagan, siyosat, ijtimoiy muammolarga befarq Internet bo‘lsin" deb. Shuning uchun shou-biznes va shunga o‘xshagan saytlar, Internet loyihalar ko‘payib ketdi", deydi siyosiy tahlilchi.
Xususan, Kun.uz nashri O‘zbekistondagi Telegram kanallari orasida eng ko‘p foydalanuvchiga ega sayt sifatida o‘z rekordini o‘rnatdi. Kanalimizning 1 122 000 nafar omadli a'zosi Kun.uz’ning eng muhim, dolzarb, qiziqarli va eksklyuziv bo‘lgan xabarlarini kuzatib borish imkoniga egadir.
Tekshiruvlar natijasida aynan Telegram messenjeri orqali O’zbek milliy segmenti asosiy qismi o’z faoliaytini yuritadi hamda kuzatib ham boradi. qtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Telegram’ning O‘zbekistondagi ommabopligini tahlil qildi. “Bankir” buni e’tiboringizga havola qiladi.
2022 yilda 700 mln faol foydalanuvchiga ega (2014 yilda 50 mln foydalanuvchi) bo‘lgan Telegram dunyo bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlar ichida ommabopligi bo‘yicha 11 o‘rinda turuvchi platforma hisoblanadi.
TGStat ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda Telegram’da jami 4,77 mlrd foydalanuvchi auditoriyasiga ega 652 mingta kanal va 64 mingta chat yaratilgan. Telegram foydalanuvchilari bazasi 41,4% ayollar va 58,6% erkaklardan iborat O‘zbekistonda foydalanuvchilarning aksariyati messenjerlar orasida Telegram’da muloqot qilishni afzal ko‘radi (80%). Garchi WhatsApp dunyo bo‘yicha an’anaviy tarzda birinchi o‘rinni egallab kelayotgan bo‘lsa-da, o‘zbekistonlik foydalanuvchilarning atigi 22%i bu ilovada yozishmalar olib boradi. Yetakchi uchlikni Viber yakunlaydi — 2%.
O‘zbekiston bo‘ylab o‘rtacha qariyb 18 mln faol foydalanuvchi Telegram ishlatadi. Mamlakatda fuqarolar o‘rta hisobda davlat televideniyesiga qaraganda Telegram’da ko‘proq vaqt o‘tkazadi. Telegram foydalanuvchilari jinsi va yoshiga ko‘ra quyidagicha taqsimlanadi.
Erkaklar:
“18-24” — 19%;
“25-34” — 24%;
34 yoshdan katta — 11%.
Ayollar:
“18-24” — 11%;
“25-34” — 12%;
34 yoshdan katta — 7%.
Biznes vakillari yozishmalar va ishga oid chatlardan tashqari Telegram‘dan o‘z xizmatlarini sotish va servis uchun to‘laqonli vosita sifatida foydalanadi. Telegram kanallari O‘zbekistonda eng ommabop biznes vositalaridan biri hisoblanadi. Botlardan farqli o‘laroq, ular axborotni uzatish uchun OAV, blogerlar, davlat idoralari va hukumat vakillari tomonidan foydalaniladi. 000-yillarda ijtimoiy tarmoqlar ommalasha boshlaganida bu platformalar insonga fikr bildirish va kechinmalarini ulashish uchun misli ko'rilmagan imkoniyat deya ko'rilgan edi. Biroq bugunga kelib, deydi ruhshunos olim Jonatan Het, ijtimoiy tarmoqlar kutilgan umidni oqlamadi.
Amerikalik olimlar izlanishiga qaraganda ijtimoviy tarmoqlar liberal-demokratik davlatlarga o’z o’rnida foydali hamda zarali ta’sir qilishi mumkin. Xususan;
“Ulardan naf ko'rgan to'rt guruh bor: mutaassib o'ngchiIar, mutaassib so'lchilar, trollar va Rossiya razvedkasi", - deydi Het.
Tadqiqotchi Nyu-York universitetida dars beradi va izlanadi.
“2009-yildan beri muntazam kuzataman va o'rganaman: bu guruhlar uchun "Twitter", 'Facebook" va boshqa platformalar ayni muddao. Amerikada foydalanuvchilarning 80 foizi bu tarmoqlarda qo'rquv, umidsizlik, g'azab va nafratni his qiladi. Ular fikr bildirsa-da, dinamikaga, siyosiy-ijtimoiy jarayonlarga ijobiy ta'sir qilolmaydi", - deydi professor. Het deydiki, demokratiya samarasi kuchli va ishonchli institutlar, fikrlar xilma-xilligi, erkinlik va adolatga bog'liq. Ijtimoiy tarmoqlar bunga qanchalik hissa qo'shmoqda, shu haqda o'ylang, deydi olim. Uning tahlilicha, onlayn platformalar jamiyatda hamjihatlik va haqgo'ylikni targ'ib qilmayapti.
“Hamma narsa oq va qora. Hamma narsa ziddiyatli. Demokratiyani buzadigan holat bu", - deya tasvirlaydi Het.
“Muhokama maydoni bunday bo'lmaydi. Muhokamasiz esa demokratiya bo'lmaydi. Liberal demokratiyada mutaassib o'ngchilar va mutaassib so'lchilar hukmronlik qilmaydi, jamiyat a'zolari orasidagi muloqotga ular yetakchilik qilmaydi".
Nyu-Yorkning Sara Lorens kolleji professori Samuel Abrams xulosa qilishicha ham ijtimoiy tarmoqlar demokratiya uchun foydali emas, zararli. “O'ta xavfli, degan bo'lardim. Amerikada so'z erkinligi va g'oyalarni erkin yoyish borasida qulaylik yaratmadi, aksincha, ijtimoiy muloqotni va demokratik normalarni buzdi. Muomala va odob me'yorlarini izdan chiqardi", - deydi Abrams.
"Natijada qutblashish, qobiqlahish kuchaydi. Turfa xil yondashuvlar, rang-barang fikrlar qadrlanmay qoldi. Yo mening xohlaganim yo hech kimniki, degan yondashuv hukmron. Odamlar o'zidan boshqa odamni tinglamaydi, o'zi yoqtirgan va ma'qullagan fikrlarni to'g'ri deb hisoblaydi. Boshqalarni eshitishga, o'qishga ularda toqat yo'q. Bu esa demokratiya emas".
Professor Het Amerikani nima kutayotganidan xavotirlanadi: Lotin Amerika mamlakatlariga xos beqaror demokratiya. Zaif institutlar, xalq ishonmaydigan va hurmat qilmaydigan tuzum, tafovutlar hukmron jamiyat.
“Konstitutsion inqirozlar ichida qolishimiz mumkin. Hukumat va xalq orasidagi ishonch yanada pasayib, zo'ravonliklar va samarasizlik kengayadi. Bularning oldini olish uchun darhol konkret choralar ko'rishimiz kerak", - deydi Het.
Dunyoning deyarli har bir davlati milliy ijtimoiy tarmoq yaratishga harakat qilgan, biroq faqat bir nechtasi muvaffaqiyat qozongan.
Masalan, Rossiyada Facebook uzoq vaqt davomida saytni rus tiliga tarjima qilmagani sabab “VKontakte” asosiy ijtimoiy tarmoqqa aylana oldi. Xitoyda xorijiy ijtimoiy tarmoqlar bloklangani sabab Weibo asosiy ijtimoiy tarmoqqa aylandi. Boshqa barcha urinishlar muvaffaqiyatsiz tugadi. Sababi oddiy — Facebook, Instagram va TikTok butun bozorni egallab bo‘lgan. Milliy ijtimoiy tarmoqlarda esa taklif qiladigan hech narsa yo‘q.
Hatto dunyodagi eng boy va yirik kompaniyalardan biri bo‘lgan Google ijtimoiy tarmoq yaratishga bir necha bor urinib ko‘rdi, ammo muvaffaqiyatga erisha olmadi (Google Plus, Orkut va boshqalar tezda yopildi).
Mutaxassislarning izlanishiga ko‘ra, hozirda bunday saytlarga bo‘lgan ehtiyoj ancha kamaygan – odamlarga asosiy (masalan, Instagram) va qandaydir ikkilamchi (masalan, Facebook yoki TikTok) ijtimoiy tarmoqni o‘zi yetarli. Aholi qanaqadir yana boshqa tarmoqdan foydalanishini tasavvur qilish qiyin.
Shuningdek, Bugungi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosidagi zamonaviy hayotimizning muhimligini egallab ulgurgan. ijtimoiy tarmoqlar globallashuv jarayonlarini jadallashtirish bilan bir qatorda, insoniyat o'rtasida aloqa almashishning eng muhim va ajralmas vositalari bo'lib ulgurgan. Ayni damda butun insoniyatning 63% qismi internetdan yuklangan . Qariyb 1 yillik davr ichida internet foydalanuvchilari soni 200 millionga ortgan. Internet foydalanuvchilarining qo'shimcha qismi (92,4%) mobil` qurilma orqali internetdan jo'natiladi. 4,65 mlrdfoydalanuvchi ijtimoiy tarmoqlardan faol yuradi. Ushbaylar onlayn olamning naqadar muhimligini yana bir marta ifodalaydi.
Dunyo bo'yicha 3 milliard kishidan ortiq messenjerlardan mavjud. Eng ko'p foydalanuvchiga ega bo'lgan platformalar Facebook va WhatsApp bo'lib, 2,5 milliarddan ortiq foydalanuvchi orqali yuboriladi. Bundan bir qancha masofada milliy messenjerlardan ham foydalaniladi. Jumladan, Yaponiyada Line , Janubiy Koreyada KakaoTalk va Xitoyda WeChat .
Statista.com sayti eng ommabop messenjerlar ro'yxatini e'lon qildi:

  • Whatsapp - 2 mlrd. dan ko'p foydalanuvchiga ega

  • Weixin/Wechat (Xitoy) – 1,3 mlrd .ga yaqin foydalanuvchi

  • Facebook Messenger - 988 mln . foydalanuvchi

  • QQ - 574 mln . foydalanuvchi

  • Snapchat - 557 mln . foydalanuvchi

  • Telegram - 550 mln . foydalanuvchi

eng ommabop messenjer whatsapp keysida ko'rishimiz mumkin :

  • Messenjerdan bir kunda 100 milliarddan ortiq xabar yuboriladi;

  • Mobil` yordamida bir kunda ilovadan o'rtacha 38 daqiqada foydalaniladi;

  • 26-35 yosh atrofidagi foydalanuvchilarning ulushi 27% ni tashkil etadi;

  • foydalarning 46,1% qismi ayollarni tashkil qiladi;

O'zbekistonda eng ommabop messenjerlar ro'yxatga olish :

  • Telegram – foydalanuvchilarning 80% qismi

  • W hatsApp – foydalanuvchilarning 22% qismi

  • Facebook M essenger – foydalanuvchilarning 6% qismi

ma'lumotlar hisoboti . com ma'lumotlariga ko'ra O'zbekiston aholisining qariyb 70% qismi internet foydalanuvchisi. Aholining 18.3% qismi ijtimoiy tarmoqlardan yuklanadi.
Mamlakatimizda cheklangan eng ko'p Instagram ijtimoiy tarmog'idan foydalaniladi. Kundalik tarmoqdan soni 4,8 milliondan ortiq. foydalarning 34,4% qismi ayollar. foydalarning katta qismi yoshlarni ( 18-35 yosh ) tashkil qiladi.
O'zbekistonda ham milliy messenjerlar va ijtimoiy sohalardagi turli ishlar olib borilgan. Kun . uz ga ko'ra 2016 yilda davra . uz milliy ijtimoiy tarmog'i hozirgi kunda hamma kundagi obunachilari soni 22.5 ming kishini tashkil qiladi. 6 yillik bu ko'rinishdagi tarmoqning ommalasha olmaganligini ko'rsatadi. Bundan tashqari 2016 yilda "Uchar" deb nomlangan tarmoq ham paydo bo'lgan va ommalashmagan. Bundan tashqari 2018 yilda "UMS" MChJga tegishli UzChat messenjeri ishga tushirilgan, ammo ommalashmagan. 2011 yilda muloqot . uzmessenjeri ham yaratilib, 2018 yilda to'xtatilgan. Yaratilgan milliy messenjerlarning ommalashmasi sabablari sifatida asosan kiberxavfsizlik, ma'lumotlarning ishonchli saqlanishi hamda foydalanish mumkin emasligini ko'rish. Ko'plab ishlaydigan platformalar uygiga yoki ofislariga serverlarga o'rnatilgan va mumkin bo'lgan serverlarga soni bir necha marta ishlaydi. Kundalikka kirishda mana hozirgi shuga alohida e'tibor berilmoqda.
Mamlakatimizda jami 24,1 mln. nafar internet foydalanuvchilari mavjud. Uch raqamlar yiliga o'rtacha 1,4% ga o'smoqda. Bundan aholining 28,5% qismi 18-35 yosh masofa'ida bo'lib, ijtimoiy tarmoqlardan kirish messenjerlardan faollashadi. Bundan kelib chiqib mumkinki, qarorda milliy messenjerlar tashkil qilish uchun aytish bozor mumkin. Bundan, globallashuv jarayonlarida yoshlarimizning ma'naviy va ma'rifiy tarkibimizni paydo bo'lishida milliy brend bilan yordam messenjerlarning o'rni beqiyos. Xalqaro tendentsiyalar internet foydalanuvchilari mavjud ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlardan faol bo'lgan soni kun sayin ko'payib ketishini ko'rsatmoqda. Bunday sharoitda ham milliy qadriyatlarimizga mos, jahonning ilg'or texnologiyalari va tajribalaridan samarali xolatda milliy ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarni qabul qilish mumkin.
O'zbekistonda milliy messenjer yaratilishi milliy omillar va milliy an'analarimiz nuqta'i-nazaridan, balki xalqaro maydonda kiber olamning zaif ta'sirlaridan xalqimizni himoya qilish, inson uchun eng qimmatli bo'lgan shaxsiy ma'lumotlarning kaitoyfoylashini, Janubre saqlanishini , Yaponiya, Russia hamda Kanada kabi mamlakatlarning milliy messenjerlardan olinadigan inobatga olib amalga oshirish zarur. Kompleks yordamga ega milliy messenerlar yaratilishi orqali yildan-yilga oshib o'zbek internet foydalanuvchilari kontingenti uchun qulay, foydali va xavfsiz platforma paydo bo'ladi.


Download 113.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling