O’zbekiston Jurnalistika va Ommaviy Kommunikatsiyalar Universiteti Raqamli Media va Internet Jurnalistika Kafedrasi


Download 113.5 Kb.
bet2/14
Sana04.11.2023
Hajmi113.5 Kb.
#1748558
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
O\'zbek internet segmentida ilmiy ommabop va ma\'rifiy kontent, tarqalish1

Mavzuni dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining axborotga bo‘lgan va intellektual talablarini qondirish, voyaga yetmaganlar va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, o‘sib kelayotgan avlodda axborot-mafkuraviy sohadagi da’vat va tahdidlarga nisbatan immunitetni shakllantirish, jamiyatda boy milliy tarixiy-madaniy meros va ma’naviy qadriyatlar haqidagi bilimlarni oshirishga qaratilgan zamonaviy veb-resurslar yaratishni rag‘batlantirish, shuningdek kontentni monetizatsiya qilishning samarali mexanizmlarini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qilgan va 2019 — 2021-yillarda Internet jahon axborot tarmog‘ida milliy kontentni rivojlantirish bo‘yicha kompleks dastur (keyingi o‘rinlarda Kompleks dastur deb ataladi)rejalarga ko’ra muvofiq tasdiqlangan.
Tadqiqotning obyekti va predmeti. Milliy kontent va veb-resurslarni rivojlantirishni rag‘batlantirish va ommalashtirish, ularni tashkiliy, moddiy-texnik va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini yaratish, Internet jahon axborot tarmog‘ining milliy segmentini g‘oyaviy-mazmunan to‘ldirish, foydalanuvchilarning, eng avvalo yoshlarning zamonaviy talablariga javob beradigan ommabop axborot resurslari, media-mahsulotlari, badiiy, multiplikatsion va hujjatli filmlarni yaratish va rivojlantirish, shuningdek internet-jurnalistikani rivojlantirish tadqiqotning obyekti.
Mahalliy ijtimoiy tarmoqlarda milliy kontentni rivojlantirish va xorijiy Internet jahon axborot tarmog‘i axborot resurslarida uning ulushini oshirish, O‘zbekiston messenjerlari va ijtimoiy tarmoqlari faoliyatini takomillashtirish, ularning jozibadorligini oshirish hisobiga auditoriyasini kengaytirish; ta’lim kontentini yanada takomillashtirish, “ZiyoNET” ta’lim axborot tarmog‘i imkoniyatlarini kengaytirish, ta’lim muassasalari o‘quv dasturlari bilan integratsiyalangan zamonaviy veb-resurslarni yaratish; Internet jahon axborot tarmog‘ida yaratiladigan milliy axborot resurslarini yanada targ‘ib qilish va ommalashtirish; Internet jahon axborot tarmog‘ining global va milliy segmenti rivojlanish tendensiyalarini doimiy o‘rganib borish, Internet jahon axborot tarmog‘ida milliy kontentni rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni shakllantirish, davlat-xususiy sheriklikni joriy etish va tegishli normativ-huquqiy bazani takomillashtirish tadqiqotimizning predmetlaridir.

Download 113.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling