O’zbekiston madaniyati va san’ati tarixi


XVI-XVII asrlarda о’zbek xonliklari davri madaniyat va san’ati (6 soat)


Download 181 Kb.
bet5/14
Sana22.10.2023
Hajmi181 Kb.
#1716357
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
portal.guldu.uz-O’ZBEKISTON MADANIYATI VA SAN’ATI TARIXI” fanining 2021-2022 o’quv yili uchun mo’ljallangan sillabusi

2.1.6. XVI-XVII asrlarda о’zbek xonliklari davri madaniyat va san’ati (6 soat).
XV asr boshlariga kelib Dashti Qipchoqdagi qabilalar. Mustaqil davlat tuzish harakatlarining boshlanishi. Shayboniylar davrida madaniyati va me’morchilik. Hattotlik san’atining rivojlanishi. Kitob bezash hamda miniatyura ishlash borasidagi yutuqlar.
Ashtarxoniylar davrida me’morchilik san’ati. Tasviriy san’at me’moriy bezaklarda, amaliy san’at buyumlari keng o’rin egallashi va ularning ajralmas qismiga aylanishi. Shu davrda ishlangan gilam va so’zanalar, sopol buyumlar, Buxorodagi Nodir-Devon Begi, Samarqanddagi Sherdor, Tillakori madrasalarining bezaklarida tasviriy san’at o’z ifodasini topishi. Miniatyura va kitobot san’ati.
[A2: 139-143; A3:38-53, A5, Q7].
2.1.7. XVIII-XIX asrlarda o’zbek xonliklari davri madaniyati va san’ati (4 soat).
Buxoro amirligida madaniyat va san’at. Buxoroning Markaziy Osiyodagi diniy markaz sifatidagi o’rni. Me’morlikda an’anaviy qurilishlarning davom etishi.
Xiva xonligida madaniyat va san’at. Xivaning mashhur yodgorliklari va uning tugallangan ko’rinishga ega bo’lishi. Darvozalar, karvonsaroylar va madrasalar. Pahlavon Mahmud maqbarasi (1810) va Tosh Hovli (1838) yodgorliklarining bezakdorligi. Ichan qal’ada xon qarorgohi va boshqa muhim ma’muriy binolar. Ulardagi san’at asarlari. Qo’qon xonligida madaniyat va san’at. Shahar markazida bozor va guzarlar, juma masjid hamda chorrahalarda katta bo’lmagan karvonsaroylar. Bu davr memorligida loy va pahsaning ishlatilishi
[А5; Q6, Q7].
2.1.8. Rossiya imperiyasi mustamlakasi davrida Turkistonda madaniyat va san’at. XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlari (4 soat).
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida O’zbekiston madaniyati va san’ati. Shahar va qishloqlar turmush tarzining o’zgarishi. Ahmad Donish miniatyuralari. Zamonaviy san’at turlarining kirib kelishi. Arxitektura va tasviriy san’at. Rus va Yevropa kitob san’atining keng yoyilishi. Kino san’atining kirib kelishi. Xudoybergan Devonovning (1877-1940) faoliyati. Turkistonda amaliy bezak va xalq san’ati. Xalq amaliy san’ati ustalari yaratgan buyumlarning tashqi bozorlarga chiqishi. Gilamdo’zlik, zardo’zlik, kandakorlik buyumlari. Charmdo’zlik va Buxoro zardo’zligi. Ganch va yog’och o’ymakorligi hamda gilamdo’zlikning jonlanishi. Buxorolik usta Shirin Murodov, Qo’qonlik yog’och o’ymakori usta Najmiddin Haydarov, Xivalik usta Ota Polvonov va boshqalarning faoliyati. Kulolchilik. Turli idish tovoqlar, o’yinchoqlar va mayda haykalchalarning ishlanishi. Zargarlikda yaratilgan turli xildagi taqinchoq va tillaqoshlar.
XX asr boshlarida O’rta Osiyoda amaliy-dekorativ san’at asarlaridagi kompozitsiyalar, syujet va motivlar va real hayotning tasvirlanishi. Ularning Yevropa va mahalliy me’morchilik san’ati an’analarining bir-biriga yaqinlashishi. O’rta Osiyoda rus badiiy maktabining talabalari. A.Karazin, I.Kazakov, S.P.Yudin, R.Zommer.
[A3:53-56, Q7].
2.1.9. Sovet mustabid tuzumi davrida O’zbekiston madaniyat va san’at (6 soat).
Sovet hokimiyati hukmronligining dastlabki yillari madaniy hayotda mafkuraviy bosimning kuchayishi. Ma’muriy-buyruqbozlik va “madaniy inqilob” kabi soxta g’oyalarning jamiyat hayotiga majburan singdirilishi. “Proletar adabiyoti” ni yaratish yo’lidagi harakatlar va sof milliylik ta’siridan xoli bo’lmagan asarlarni ta’qib ostiga olinishi. “Qizil qalam" tashkiloti.
Kino va teatr san’ati. N.G’aniev, K.Yormatov, M.Qayumov, M.Uyg’ur, A.Hidoyatov, A.Bakirov, R.Pirmuhamedov, S.Eshonto’rayeva kabi teatr va kino namoyondalarining faoliyati. Sovetlashtirish siyosatining kino, teatr sohalariga kirib kelishi. Teatrning tashviqotchilik rolini oshirish yo’lidagi harakatlar. Dastlabki kino asarlari. Alisher Navoiy nomidagi katta Akademik opera va balet teatri. Muqimiy nomidagi musiqali drama teatri.
Birinchi o’zbek xalq musiqa ansamblining tashkil etilishi. T. Sodiqov, M. Burxonov, M. Ashrafiylar faoliyati va ularning o’zbek xalq musiqalarini yaratilishidagi xizmatlari. Mahalliy rassomlar ijodida birinchi marta zamonaviy san’atning turli ko’rinish va yo’nalishlarining paydo bo’lishi.
O’zbekiston tasviriy san’ati va unda "sotsialistik realizm”ning aks etishi. O’. Tansiqboyev, B. Hamdamiy, Usto Mo’min. 1920-1930 yillar o’zbek zamonaviy me’morchilik san’ati. Mahalliy ustalarning xalqaro ko’rgazmalarda o’z asarlarini namoyish etishi. O’zbek kulolchilik san’ati.
1920 yillarda madaniy merosni inkor etish g’oyasining shakllanishi va arab yozuvini lotin grafikasiga almashtirish haqidagi qaror. Sovet mafkurasining islom diniga munosabati.
Mustabid sovet tuzumi yillarida vaqtli matbuot va madaniy oqartuv muassasalari faoliyati.
Ikkinchi jahon urushidan keyin O’zbekistan madaniyati. O’zbek adabiyotining ta’qib ostiga olinishi. Mamlakat bo’ylab yangi qatag’on pallasining boshlanishi. Shayxzoda, Mirzakalon Ismoiliy, Shuhrat, Said Axmad, Shukrullo ijodlari. Qoraqalpoq adabiyoti va uning ham ta’qib ostiga olinishi. Jamiyat hayotiga "rivojlangan sotsializm” g’oyasining singdirilishi. Teatr va kino sohasida ta’qibning kuchayishi. Qo’shiqchilik san’ati. Milliy maqom san’atini saqlab qolish yo’lidagi harakatlar. Yu. Rajabiy, O. Nuriddinov, N. Hasanov, K. Jabborovlarning o’zbek qo’shiqchilik san’atidagi xizmatlari.
Urushdan keyingi yillarda O’zbekiston rassomlari, haykaltaroshlari, xalq amaliy san’ati ustalariinng ijodiga sovet voqeligini tasvirlash kabilarning kirib kelishi. Shu yillarda ilmiy tadqiqot ishlari, arxeologik ekspeditsiya faoliyatlari. Varaxsha, Afrosiyobda arxeologik ishlar olib borilishi.
1980 yillarda o’zbek madaniyatiga ta’qibning kuchayishi. Islom diniga munosabat. “Navro’z” ning ta’qib ostiga olinishi.
[A3:56-9, A4, A6].

Download 181 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling