O‘zbekiston maktabgacha ta‘lim tizimining normativ huquqiy asoslari “


Maktabgacha talim tizimida olib borilayotgan islohotlar


Download 57.08 Kb.
bet3/7
Sana30.10.2023
Hajmi57.08 Kb.
#1734458
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Xasanova Muxlisaxon kurs ishi

1.2. Maktabgacha talim tizimida olib borilayotgan islohotlar


Ta'lim sohasini isloh qilish bugun hukumatimiz diqqat e'tiborida turgan dolzarb sohalardan biri, desak mubolag'a bo'lmaydi. So'nggi yillarda maktabgacha ta'lim tizimini isloh qilish va rivojlantirishga qaratilgan qonunlar, qarorlar qabul qilinib, amaliyotga joriy etilmoqda. Maktabgacha ta'lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, bolalarni maktabgacha ta'lim bilan bosqichma-bosqich to'liq qamrab olishni ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentyabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni bilan Maktabgacha ta'lim vazirligi tashkil etildi. Maktabgacha ta'lim vazirligi tashkil etilmasdan avval tizimda zamonaviy dasturlar joriy etilmagan, bolalarni maktabga tayyorlash bo'yicha muqobil, moslashuvchan modellar yetarli darajada rivojlanmagan.
Taraqqiy etgan mamlakatlardagi kabi bolalarni ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy, matematik, jismoniy va ijodiy rivojlantirish, atrof-muhit bilan tanishuvga yo'naltirilgan maxsus davlat ta'lim dasturlari tatbiq qilinmagan edi. Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning aksariyati o'rta maxsus ma'lumotga ega bo'lib, bolalarni maktab ta'limiga talab darajasida tayyorlash imkonini bermas edi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi qarori misolida ko'rsak, mazkur konsepsiya maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, bolalarning sifatli maktabgacha ta'limdan teng foydalanishini ta'minlash, maktabgacha ta'lim xizmatlarini rivojlantirish, bir so'z bilan aytganda, maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishning maqsadli vazifalarini qamrab olgan bo'lib,

  • maktabgacha ta'lim sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish;

  • maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish;

  • bolalarning sifatli maktabgacha ta'lim bilan qamrovini oshirish, undan teng foydalanish imkoniyatlarini ta'minlash, mazkur sohada davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish;

  • maktabgacha ta'lim tizimiga innovatsiyalarni, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;

  • maktabgacha ta'limni boshqarish tizimini takomillashtirish, maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirish shaffofligi va samaradorligini ta'minlash;

  • maktabgacha ta'lim tizimiga maktabgacha ta'lim tizimi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, tanlab olish va rivojlantirishga mutlaqo yangi yondashuvlarni joriy etish;

  • maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarning sog‘lom va balanslashtirilgan ovqatlanishini, sifatli tibbiy parvarishini ta'minlash;

  • Shungingdek, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 2019 yilda amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»;

  • 2019–2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari;

  • 2025–2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlangan.

Bu qarorlar maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, bolalarning sifatli maktabgacha ta'limdan teng foydalanishini ta'minlash, maktabgacha ta'lim xizmatlarining nodavlat sektorini rivojlantirish maqsadida, qabul qilinmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida demokratik qadriyatlarni rivojlantirish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lida inson iqtisodiy va siyosiy hayotning faol sub’ekti sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Bu esa o‘z navbatida yosh avlodni butun hayoti davomida o‘rganish va ta’lim olish qobiliyati bilan qurollantirish zarurligini ko‘rsatadi.
Uzluksiz ta’lim ijodiy, ijtimoiy faol hamda ma’naviy boy shaxsni shakllantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi. Uzluksiz ta’limning yagona tizimida esa maktabga tayyorgarlik muhim o‘rin tutadi.
Ilmiy tadqiqotlar natijalari inson o‘z umri davomida o‘zlashtiradigan barcha axborot va ma’lumotlarning qariyb 70 foizini 5 yoshga bo‘lgan davrda egallashini tasdiqladi. Mazkur omil uzluksiz ta’limning yagona tizimi asosiy bo‘g‘ini sifatida maktabgacha ta’limning ahamiyatini belgilaydi.
Shu bois 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni hamda «O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi.
O‘tgan vaqt davomida mazkur sohani tubdan isloh qilishga qaratilgan 96 ta normativ-huquqiy hujjat – shundan 3 ta farmon va 19 ta Prezident qarori, Vazirlar Mahkamasining 44 ta qarori va 8 ta farmoyishi, 13 ta idoraviy va 7 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.


Download 57.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling