O‘zbekiston maktabgacha ta‘lim tizimining normativ huquqiy asoslari “


II.Bob.O’zbekistonda maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirishning chora tadbirlari


Download 57.08 Kb.
bet4/7
Sana30.10.2023
Hajmi57.08 Kb.
#1734458
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Xasanova Muxlisaxon kurs ishi

II.Bob.O’zbekistonda maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirishning chora tadbirlari.

2.1. Maktabgacha ta`lim tizimining rivojlanishi va taraqqiyot bosqichlari


Yurtimizda shu va keyingi yillarda maktabgacha tarbiyani yaxshilash maqsadida quyidagi choralar ko’rilgan:
joylarda metodik ishlarni tashkil qilish;
- mebel, o’quv qo’llanmalari, o’yingohlarning standartlarini ishlab chiqish;
- maktabgacha tarbiya masalalariga jamoatchilik va aholining e’tiborini qaratish (matbuotda nashr qilish, hujjatlarni tuzish) va h.k.
Urush yillari O’zbekistonda 200mimg bola ko’chirib keltirilgan va natijada bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog’ining kengayishi, ularda ish kuni uzaytirish zarurati paydo bo’lgan. Urush yillari maktabgacha internatlar ham tashkil qilingan. Ulardagi tarbiyaning o’ziga xosligi shundan iboratki, ularda o’z oilasi, yaqinlaridan ajragan bolalarni tarbiyalashgan. Bu holda pedagoglarning har bir bola uchun ma’suliyati tobora oshib boravergan.
Urushdan keyingi davrda oziq-ovqat muammolari munosabati bilan kuchsizlangan bolalar uchun sog’lomlashtirish chora-tadbirlari kuchaytirildi. Bu maqsadda respublikaning bir qator shaharlarida sanatoriya tipidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil qilindi. Qishloq hududida maktabgacha tarbiyaning rivojlanishiga katta ahamiyat berilgan. Bu qishloq xo’jaligi mahsulotlari, ayollar mehnatidan foydalanish zarurati bilan bog’liq edi. 1959-yildan buyon maktabgacha tarbiyaning yagona tuzilishini tashkil maqsadida ikki turdagi maktabgacha tarbiya tashkilotlari bitta yasli maktabgacha ta’limga birlashtirildi. Bu esa bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish jarayonining faollashuviga olib keldi.
O’rta maxsus ma’lumotli mutaxassislar Toshkent va Marg’ilon pedagogika o’quv yurtlari tomonidan amalga oshirilgan. 1957-1958 yillarda ular 517 ta mutaxassis chiqarishgan. Metodik va tarbiya ishlarini yaxshilash maqsadida Toshkent, Samarqand, Buxoro, Namangan, Farg’ona, Chirchiq shaharlarida maktabgacha tarbiya xonalari ochilgan. 1961-yil Qori Niyoziy nomidagi pedagogika fanlari ilmiy- tadqiqot markazida O’zbekistondagi maktabgacha tarbiya muammolari ustida, tadqiqot olib boruvchi, bolalar maktabgacha ta’limlari va metodika xonalariga yordam ko’rsatuvchi markaz ochildi.
Toshkentda 1966-yil 26-aprelda bo’lib o’tgan zilzila natijasida 225 ta maktabgacha tarbiya tashkilotlari barbod bo’ldi. Biroq qisqa vaqt mobaynida boshqa respubliak quruvchilari yordami bilan bu tashkilotlar qayta tiklandi.
XX asrning 60-80- yillarda ommaviy maktabgacha tarbiya quyidagi yo’nalishlarda amalga oshirilgan;
markazlashgan jamoa xo’jaliklararo maktabgacha tarbiya tashkilotlarining ish tajribasini o’rganish uchun respublika majlislarini o’tkazish;
kolxozlar orasida eng yaxshi maktabgacha tarbiya tashkiloti nomiga musobaqa o’tkazish ;
yuqumli kasalliklardan aziyat chekuvchi bolalar uchun maxsus tashkilotlar tashkil etish;
bolalar sog’ligini saqlash bo’yicha maktabgacha tarbiya tashkilotlarini tashkil qilish;
respublikaning pedagogic va musiqa o’quv yurtlarini keng turdagi mutaxassislar tayyorlab berishga o’tkazish;
yasli maktabgacha ta’lim va boshqa tarbiya tashkilotlari uchun mutaxassislar tayyorlash;
maktabgacha yoshidagi bolalarni tarbiyalashning yagona dasturini ishlab chiqish;
bolalarning estetik tarbiyasiga kata ahamiyat berish o’zbek milliy sa’ati asarlaridan foydalanish va boshqalar.
Oʻrganishning eng muhim yillari tugʻilishdan boshlanadi. Bola hayotining dastlabki uch yili tilni oʻzlashtirish, ijtimoiylashuv va oʻrganishga munosabat uchun asos yaratishi juda muhimdir. Dastlabki yillarda va ayniqsa, dastlabki 3-5 yil ichida odamlar juda koʻp maʼlumotni oʻzlashtira oladi. Miya birinchi yillarda eng tez oʻsadi. Rivojlanishga mos dasturlarga ega yuqori sifatli va yaxshi tayyorlangan oʻqituvchilar va maktabgacha taʼlim tashkilotlari bolalarning taʼlim natijalarini yaxshilashga uzoq muddatli taʼsir koʻrsatishi mumkin.
Maktabgacha taʼlimni qamrab oladigan rivojlanish sohalari turlicha. Biroq, odatda quyidagi asosiy mavzular taklif etiladi.

  • Shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va hissiy rivojlanish

  • Muloqot (shu jumladan imo- ishora tili), gapirish va tinglash

  • Dunyo bilimi va dunyoni tushunish

  • Ijodiy va estetik rivojlanish

  • Matematik tushuncha

  • Jismoniy rivojlanish

  • Jismoniy salomatlik

  • Oʻyin

  • Jamoaviy ish

  • Oʻz-oʻziga yordam koʻrsatish koʻnikmalari

  • Ijtimoiy koʻnikmalar

  • Ilmiy fikrlash

  • Savodxonlik

Maktabgacha taʼlim tizimi tuzilma (maʼmuriyat, sinflar soni, oʻquvchi-oʻqituvchi nisbati, xizmatlar), jarayon (sinfdagi muhit sifati, oʻqituvchi va bolaning oʻzaro aloqasi va boshqalar) va moslashtirish (standardlar, oʻquv dasturi, baholash) komponentlariga rioya qiladi.

Download 57.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling