79
91-mashq.
Undalmalarning gapdagi o‘rnini aniqlang, shunga ko‘ra
ulardagi uslubiy ma’nolarni izohlang.
1. Menga qara, ko‘ppak, xotiningni oldiga shu alpozda borma!
(Said Ahmad) 2. E devona, o‘zi narsaga muhtoj bo‘lsa, senga narsa
olib kelarmidi! (Abdulla Qahhor) 3. Yaxshilik yerda qolmaydi, o‘g‘lim.
Bizga ko‘rsatgan lutf-u karamingiz, Xudo xohlasa, o‘n chandon bo‘lib
o‘zingizga qaytadi. (Tohir Malik) 4. Axir, mulla Said Jalolxon, nega
kishini qo‘rqitasiz? (Abdulla Qahhor) 5. Men bularni tushunaman, dada.
Lekin siz kashfiyotingiz bilan o‘ralashib, atrofga befarq qaraydigan bo‘lib
qolgansiz. (Tohir Malik) 6. O‘z vujudini ham larzaga soluvchi bir nido
otilib chiqdi: – Oyi-i-i! U boshidan hushi uchib borayotganini elas-elas
his qilib o‘zini yerga otdi. Tit
roq qo‘llari bilan loy changallagan
cha
cho‘kkalab ko‘ksiga mushtlay ketdi. – Oyi! Oyijon! (O‘. Hoshimov) 7. Hor-
mang, dada, – dedi Jamshid yetib kelgach. – Sizni kutib turuvdim.
(Tohir Malik)
Do'stlaringiz bilan baham: |