81
1. Inshoolloh,
ishning oxiri xayrlikdir, otajon, – dedi Kumush.
(Abdulla Qodiriy) 2.
Siz kelasiz-u, men turmasam?!. Bosh ko‘tarib
qarab
qo‘ymasam?.. (Bu qandoq hol bo‘ldi?..)
(Murod Mansur) 3. Aylanay,
mehmon, kimdan xafa bo‘lib tushdingiz?
(Cho‘lpon) 4. Agar men o‘rus
bo‘lsam (Astafurullo!), musulmonning qo‘liga aslo yarog‘ bermasidim!
(Cho‘lpon) 5. Dumbul bo‘lgan o‘rik shoxida odatdagidek qo‘shni
bolalar
kir maykasining qo‘yniga o‘rik to‘ldiryapti. Bittasini og‘ziga
tashlaydi,
bittasini qo‘yniga soladi (Har ehtimolga qarshi).
(O‘. Hoshimov) 6. Yax-
shi juvon, bechora. Sakkizta bolasi bor.
(O‘. Hoshimov) 7. Iltimos,
hayajonlanmang! – Hoy,
baraka topkur, hayajonlanayotganim yo‘q!
(O‘. Hoshimov) 8. Toshkand tinchlangandan keyin (agar salomat bo‘lsam)
o‘zim xabar yuborurman.
(Abdulla Qodiriy) 9.
Shuning uchun uyga
kirayotganda, albatta, yuz-qo‘lini tozalab, kiyimlarini qoqib kirardi.
(O‘. Umarbekov) 10.
Gap shundaki, u yettinchiga o‘tganida,
otasi kasalga
chalinib, tuman savdosini boshqarish og‘irlik qilib qoldi.
(O‘. Umarbekov)
Do'stlaringiz bilan baham: