82
BOPLAMOQ, qoyil qilmoq, qoyillatmoq, o‘xshatmoq, o‘rinlatmoq,
kelishtirmoq, qotirmoq, do‘ndirmoq, qiymoq, eshmoq, mondalamoq, yasamoq.
Ijrosini o‘rniga qo‘ymoq.
Boplamoq, qoyil qilmoq, qoyillatmoq, o‘xshatmoq, o‘rinlatmoq, kelishtirmoq,
do‘ndirmoq oddiy ish-harakatlarga nisbatan ham,
shuningdek, bajarilishi
ustalik, mahorat talab etadigan harakatga nisbatan ham qo‘llana oladi.
Qiymoq, eshmoq ko‘proq oddiy so‘zlashuvga xos,
bular bajarilishi ustalik,
mahorat talab etadigan harakatalarga nisbatan qo‘llanadi va bu so‘zlarda
belgi darajasi ancha yuqori bo‘ladi.
Kelishtirmoq nisbatan kam qo‘llanadi.
Mondalamoq shevaga xos.
1. Kirishlarning qanday turlari bor?
2. Kirishlar qanday tinish belgilari bilan ajratiladi?
3. «Afsus», «achinish» ma’nosini ifodalovchi kirishlarga misollar
keltiring.
4. «Taajjub», «gumon» ifodalovchi kirishlarni ayting.
Do'stlaringiz bilan baham: