94-mashq.
Tohir Malikning «Shaytanat» asarida qo‘llangan kirish
so‘z, kirish birikma va kirish gaplarni aniqlang, ularning
uslubiy ma’nosini izohlang.
1. Shu azim shaharning yana qaysidir mavzeyida, yana qaysidir ikki
xonalik sovuq (balki, issiqdir – Xudo biladi!), chakka o‘tayotgan (balki,
chakka o‘tmas) uyda bir fizik (balki, kimyogar) haqiqat faqat fizikada
(balki, kimyoda) deb bahs yuritayotgan bo‘lsa ajab emas. 2. Jamshidning
tashrifini qisqagina qilib aytib berdi. (Tepki yeganini, shubhasiz, yashirdi).
3. Zaynab yovqarash bilan, yalt etib dushmaniga qaradi (ha, u yori
emas, dushmani edi!), o‘rnidan turdi. 4. Daryo qurib qolgan (Nahot
yetib kelgunimcha qurib bitdi, deb o‘ylaydi u), unda-bunda ko‘lmaklar
ko‘zga tashlanadi. 5. Sizga ke
rakli mehmon ham o‘sha yerda, shekilli, a?
6. Marhabo, – dedi, – fikri ojizimcha, siz Asadbekdirsiz, a? 7. Bilishim cha,
ukalari bittagina bo‘lsa kerak. Balki, atayindir? – To‘g‘ri, balki, atayindir.
8. To‘g‘risini aytsam, bir yozish niyatim ham bor edi. (Tohir Malik)
A. Hojiyevning «O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati»dan
olingan
Do'stlaringiz bilan baham: |