«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/161
Sana29.12.2021
Hajmi0.98 Mb.
#183323
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   161
Bog'liq
10 sinf ona tili darslik

2-topshiriq.
  Salbiylik yoki ijobiylik bo‘yog‘iga ega so‘zlarni toping va 
ma’nolarini izohlang.
1. U yoq-bu yoqqa alanglagan edi, tunov kungi shop mo‘ylovli 
buldozerchining tirjayib turganini ko‘rdi. (Said Ahmad) 2. Haligi odam 
dami ichiga tushib, ming‘irlagancha nari ketdi. (Murod Mansur) 3. Ara-
vaning oldida g‘o‘zapoya orasidan iljaygan kalla ko‘rindi. (O‘. Umarbekov) 
4. Qiz Umidga qarab jilmaydi. (Mirmuhsin)
Nutqni to‘g‘ri va ta’sirli tuzishda, nutqiy uslublarni maqsadga to‘la 
muvofiq shakllantirishda uslubiy bo‘yoq alohida o‘rin tutadi. 
Tildagi so‘zlar (boshqa birliklar)ning kattagina qismi muayyan 
nutqiy vaziyatlarda qo‘llashga moslashgan, ya’ni muayyan uslubga 
xos 
langan, bu uslubning o‘ziga xos belgisiga aylangan, bu so‘zni 
faqat shu uslubda ishlatish maqsadga muvofiq. Ayni paytda ayrim 
so‘zlar qo‘shimcha ravishda so‘zlovchi (yozuvchi)ning nutq predmetiga 
bo‘lgan salbiy yoki ijobiy munosabatini ham ifodalaydi. 
Ana shu ikki jihat, ya’ni so‘zning muayyan uslubga mansubligi 
va unda so‘zlovchi subyektiv munosabati 
ning ifodalanganligi «uslubiy 
bo‘yoq» nomi bilan umumlashtiriladi. Birinchisi «funksional bo‘yoq» 
(masalan,  «pul» ma’nosidagi mullajiring so‘zida so‘zlashuv uslubiga 
mansublik belgisi, «inson» ma’nosidagi bashar so‘zida badiiy-poetik 
uslubga mansublik belgisi mavjud). Ikkinchisi esa, «emotsional-eks-


24
pressiv bo‘yoq» (masalan, jamol so‘zida ijobiy munosabat, bashara 
so‘zida esa salbiy munosabat ham o‘z ifodasini topgan) deb yuritiladi. 
Bunday uslubiy bo‘yoqli so‘zlar o‘zbek tilida juda ko‘p bo‘lib, ular 
tili 
mizning o‘ziga xos ifoda boyliklaridir. 

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling