39
14. Arxaik va tarixiy so‘zlar nimasi bilan bir-biridan farq qiladi?
15. Bugungi kunda qayta faollashgan
vazir
so‘ziga o‘xshash yana qan-
day so‘zlar bor?
16. Iboralardan qaysi uslublarda ko‘proq foydalaniladi?
1-topshiriq.
Matnni o‘qing, og‘zaki so‘zlashuv uslubiga xos o‘rinlarga
e’tibor qarating.
Amakim tajang, badjahl odam edi. Bir kuni u ko‘chadan qog‘ozga
o‘ralgan bir narsa ko‘tarib kirdi. Men yugurib borib so‘radim:
– Opoqdada, qo‘lingizdagi nima?
– Go‘sht olib keldim, bolam, – dedi avval muloyimlik bilan.
– Qayerdan oldingiz?
– Bozordan.
– Kimdan?
– Toji qassobdan.
– Necha kilo?
– Bir kilo.
– Necha pulga oldingiz?
Yana uch-to‘rt savoldan keyin amakimning avzoyi buzildi. Yuzi oqa-
rib, labi titrashga tushdi. Oxiri chidayolmay qo‘lidagi go‘shtni devorga
uloqtirdi:
– Qutuldimmi?!
(E. Vohidov)
Do'stlaringiz bilan baham: |