41-mashq.
«O‘zbek xalq maqollari» kitobidan kasb-hunarga oid ata-
malar, iboralarni topib taqdimot tayyorlang.
Namuna: Tikkan
chevar
emas,
Bichgan
– chevar.
Hunari yo‘q kishidan,
Bigizi
bor
yamoqchi
yaxshi.
MUSTAHKAMLASH
Savollarga javob bering:
1. Adabiy til haqida tushunganlaringizni aytib bering.
2. Qanday til uslublarini bilasiz? Ularni bir-biridan qanday farqlay-
siz?
3. Og‘zaki so‘zlashuv uslubi qayerda va kimlar tomonidan ishlati-
ladi?
4. Rasmiy ish qog‘ozlari qaysi uslubda yoziladi?
5. Matematika, fizika, kimyo, goegrafiya kabi fanlarda o‘rgangan
terminlaringizdan misollar ayting va ulardan qaysi uslubda foydala-
nishni tushuntiring.
6. Radio va televideniye orqali bolalar uchun beriladigan eshitti-
rishlarni va ko‘rsatuvlarni kuzatib borasizmi? Ularning tiliga e’tibor
qilganmisiz?
7. O‘z shevangizda ishlatiladigan adabiy tildagidan farqli so‘zlarga
misollar ayting.
8. Tarixiy asarlarni o‘qiganda, ularda qo‘llangan so‘zlarga diqqat
qilganmisiz? Adiblar nima uchun o‘z asarlarida tarixiy so‘zlardan
foydalanadilar?
9. Ota-onangiz, akalaringiz yoki opalaringiz qaysi kasb egalari? Ular
oilada kasbga xos so‘zlarni beixtiyor ishlatib yuborganmi? Shu
haqda gapiring.
10. Uslubiy bo‘yoqning turlarini tushuntiring.
11. Ijobiy va salbiy bo‘yoqli so‘zlarga misollar ayting.
12. Paronimlar haqida gapiring.
13. Kasb-hunarga oid so‘zlarning terminlardan farqini tushunti
ring.
Do'stlaringiz bilan baham: |