43-mashq.
Uslubiy xoslangan morfologik vositalarni
aniqlang.
1. Go‘yo quyosh oyni kuzatganiday, O‘t bo‘lib orqangdan kezmak-
daman man. (Hamid Olimjon) 2. Bu atrofda unga teng keladirgan kim
bor? (Murod Mansur) 3. Chunki boydan olinajak haqning shamolga
uchganiga ishonar edi. (Oybek) 4. U yaralangan sher yanglig‘ hayqirib
yubordi. (Ulug‘bek Hamdam) 5. Shu uchun Salti: Men sizni olib ketgali
keldim, aylanay! – dedi. Va ikki yosh bola nihoyasiz quvonchlar ichida
yana bir-birlariga chirmashdilar... (Cho‘lpon)
6. Qarilik gashtini maqtashdan ko‘ra,
Muxbir bolam, uni bizlardan so‘ra.
Mana, biz bu gashtni surayotirmiz,
Ertalab inqillab turayotirmiz,
Og‘riqdan qaqshagan belimiz silab,
Kavushimiz sudrab, chunon imillab,
Belimiz changallab yurayotirmiz,
Qarilik gashtini surayotirmiz. (E. Vohidov)
Do'stlaringiz bilan baham: |