«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/161
Sana29.12.2021
Hajmi0.98 Mb.
#183323
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   161
Bog'liq
10 sinf ona tili darslik

43
KO‘PLIK QO‘SHIMCHASI
USLUBIYATI
Topshiriq.
 
Berilgan gaplarda ko‘plik shakllarining qanday ma’no ifo-
dalayotganini aniqlang. 
1. Sevguchi Farhod va Shirinlar haqidagi go‘zal hikoya asrlar bo‘yi 
yashab kelmoqda. (Hamid Olimjon) 2. Soat beshlarda pedagogika instituti-
ga bordik. (O‘. Umarbekov) 3. Qizlar o‘zlari yasagan katta ipak koptokni 
Gulshanga berdilar. (Abdulla Qodiriy) 4. Gulshanlar kirgan hovli «qirq 
qizlar» deb atalar edi. (Abdulla Qodiriy)
Ko‘plik qo‘shimchasi odatdagi miqdoriy ortiqlik ma’no 
sidan tash-
qari turli qo‘shimcha ma’no nozikliklari, uslubiy ma’nolarni ifoda-
lashga xizmat qiladi. Unutmaslik kerakki, miqdor aniq ko‘rsatilgan 
holatlarda bu qo‘shimchaning qo‘llanishi uslubiy xato sanaladi. Ma-
salan,  o‘nta  kitob lar tarzidagi birikmada odatdagi ko‘plikni ifodalovchi 
-lar  qo‘shimchasi noto‘g‘ri ishlatilgan, uslubiy jihatdan to‘g‘risi o‘nta 
kitob bo‘lishi kerak.
Ko‘plik qo‘shimchasi ilmiy (qisman rasmiy) uslubdan boshqa 
uslub 
larda hurmat, kinoya-piching, kuchaytirish-ta’kidlash, taxminlash, 
umumlashtirish kabi turli uslubiy ma’nolarni ifodalash uchun ham 
qo‘llanadi. Masalan: Dadam keldilar (hurmat); Yigitcha «botir» bo‘lib 
keldilar (kinoya); Bolalar quvonchlarga to‘ldi (kuchaytirish); Alpomish-
lar maydonga tushdi (umumlashtirish) kabi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling